“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 14:44
ЎЗO‘Z

Saida Mirziyoyeva Irina Viner-Usmonovaga minnatdorlik bildirdi

20 iyul, 18:26 4 066 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saida Mirziyoyeva Irina Viner-Usmonovaga minnatdorlik bildirdi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifasida post qoldirdi. Unda u Moskvada yuniorlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tayotganini xabar qilgan.

Foto: Instagram/Saida Mirziyoyeva
«Mamlakatimiz terma jamoasini kuni kecha Moskvada ochilgan va tarixda birinchi bor o‘tkazilayotgan yuniorlar o‘rtasidagi badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgani bilan qutlayman.

O‘zbekiston sharafini 13-15 yoshli qizlarimiz - Kamila Abdullayeva, Nilufar A’zamova, Madina Irnazarova, Mumtozabonu Ishoqzoda, Madina Yunusova hamda Tahmina Ikromova va Yosmina Rahimova himoya qilmoqda.

Yetuk murabbiylar Tatyana Kun, Valeriya Grudnyak, Ra’no Muhamedova, Yelena Aslanova va Irina Kudryasheva munosib sportchilarni – bo‘lajak Olimpiya chempionlarini tayyorlaganiga ishonchim komil hamda ushbu musobaqa ularning faoliyati va hayotida tarixiy bo‘lishiga umid qilaman.

Omad sizga, aziz hamyurtlar!
Bunday ajoyib tadbirni yuqori darajada tashkil etgani uchun Irina Viner-Usmonovaga alohida minnatdorlik bildiraman!

Bu yerda men ko‘p karra jahon va Yevropa chempionlari, egizak opa-singillar – maftunkor Dina va Arina Averinalar bilan tanishdim», - deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun: Moskvada yuniorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida dunyoning 60 dan ortiq davlatidan kelgan sportchilar ishtirok etmoqda. Ular ham individual dasturda, ham jamoaviy mashqlar bo‘yicha bahs olib boryapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 347
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 174
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 83
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 371
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 276
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 63
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 215
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 100
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Bo‘limlar