“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:20
ЎЗO‘Z

Ravshan Ermatov OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan uchrashdi

17 iyul, 16:54 2 925 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ravshan Ermatov OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan uchrashdi Bugun Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur marosimda ishtirok etish uchun taklif etilgan O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ayni paytda OFK bosh qarorgohida bo‘lib turibdi.

OFK va O‘FA o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘rtadagi o‘zaro ishonchning yangi bosqichga olib chiqilishini ta’minlash maqsadida Ravshan Ermatov qit’a futbol konfederatsiyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan uchrashdi va o‘zaro aloqalar istiqboli xususida suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qit’amiz futbol konfederatsiyasi tomonidan muntazam ravishda milliy assotsiatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni har jihatdan rivojlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan barcha loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini va endilikda O‘FA vakillari OFKning barcha loyihalarida faol ishtirok etishini bildirdi. Shuningdek, uchrashuvda ikki tashkilot o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradigan dasturlar, O‘zbekistonda xalqaro musobaqalarning saralash va final bosqichlarini o‘tkazish kabi masalalar ham muhokama etildi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon O‘FA rahbariyatining ushbu tashrifidan mamnun ekanini bildirib, O‘zbekistonning qit’ada o‘z o‘rniga ega ekanini qayd etdi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatining yangi tarkibiga ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Manba: ufa.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 0
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 394
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 197
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 86
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 379
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar