“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 08:49
ЎЗO‘Z

Soliq tizimidagi yangiliklar-amaliyotga joriy qilinmoqda

16 iyul, 12:40 3 019 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliq tizimidagi yangiliklar-amaliyotga joriy qilinmoqda Davlatimiz rahbarining 2019 yil 27 iyunda qabul qilingan “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati yuzasida Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida tadbirkorlik sub’ektlari uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlat soliq qo‘mitasi hamda viloyat davlat soliq boshqarmasining malakali mutaxassislari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari vakillari, tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etdilar.

Tadbirda ta’kidlanganidek, qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘laqonli zanjirini yaratish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini bermayotganligi bois “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon qabul qilinib, u mamlakatimizda 2018 yil iyun oyidan buyon amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib, barqaror narx siyosatiga erishilishiga sabab bo‘lishi e’tirof etildi.

Shuningdek, joriy yildan yangi soliq konsepsiyasi amaliyotga joriy etilishi nafaqat biznes vakillari, balki, fuqarolar ish bilan band bo‘lishi va daromadi oshishiga xizmat qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va ijtimoiy to‘lovlar stavkasi keskin kamaytirilgani natijasida joriy yilning o‘tgan davrida O‘rtachirchiq tumanida tumanida 530 dan ortiq yashirin ish o‘rinlari legallashtirildi.

Ayni paytda mazkur tumanda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari zamirida joriy 141ta QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olindi.

Uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 0
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 98
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 366
  • So'nggi yangiliklar
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 126
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 76
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 182
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 94
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 34
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 50
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 258
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 179
  • Bo‘limlar