“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 16:28
ЎЗO‘Z

Deyan Jurjevich «Navbahor» bosh murabbiyi qilib tayinlandi

25 iyun, 16:11 1 865 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Deyan Jurjevich «Navbahor» bosh murabbiyi qilib tayinlandi Serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevich «Navbahor» bosh murabbiyi lavozimini egalladi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz nashri.

Bugun, 25 iyun kuni klubda taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yangi murabbiyni tanishtirdi.

Shundan so‘ng Namangan shahar hokimi, «Navbahor» klubi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov va Deyan Jurjevichlar o‘zaro shartnomaga imzo chekishdi.

Ma’lumot uchun, 51 yoshli mutaxassis 2012 yilda «Paxtakor» bosh murabbiyi bo‘lgan, keyinroq Samvel Babayan O‘zbekiston milliy jamoasi boshqaruviga kelgach, unga xorijlik yordamchi va O‘FF qoshidagi Terma jamoalar markaziga texnik direktor etib tayinlangan edi. Jurjevich faoliyati davomida, shuningdek, Serbiya o‘smirlar terma jamoasi va Serbiyaning qator klublarini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, «Navbahor»ni 2018 yil oktyabridan buyon boshqarib kelgan rossiyalik Andrey Kanchelskis o‘tgan hafta oxirida qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqarilgandi.

«Lochinlar» Superligada 12-turdan keyin 4-o‘rinda borishmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Namangan shahar hokimi "Navbahor" prezidenti etib tayinlandi 19 iyul, 13:47
  • Rasman. Shin Te Yong - Janubiy Koreya terma jamoasiga bosh murabbiyi 04 iyul, 12:23
  • Arveladze «Paxtakor»da sakkizinchi bo‘ldi 27 iyun, 23:00
  • Dik Advokat “Fenerbaxche” bosh murabbiyi etib tayinlandi 17 avg, 11:42
  • Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi 23 iyun, 15:20
  • Baxtiyor Ashurmatov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi 18 fev, 12:52
  • So'nggi yangiliklar
  • Yosh 40 dan oshganidan keyin amal qilish kerak bo‘lgan odatlar 23 apr, 15:39 13
  • «UzAuto Motors» xalqaro moliya bozoriga ilk qimmatli qog‘ozlarini chiqarmoqda 23 apr, 15:11 114
  • Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit «Neksiya»da yuk avtomobiliga urildi 23 apr, 14:44 163
  • «Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida 23 apr, 14:12 271
  • DSQ hisobvaraq-fakturalar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi 23 apr, 13:43 339
  • 24 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 23 apr, 13:13 428
  • Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi 23 apr, 12:40 1 096
  • 1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin 23 apr, 12:12 510
  • O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi 23 apr, 11:30 526
  • Dunyoning eng qimmat shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi 23 apr, 10:46 1 070
  • "Paxtakor"ga qarshi bahs haqida Shukurovning ustozi nimalar dedi? 23 apr, 10:23 664
  • Ruslanbek Davletov: “Amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerak” 23 apr, 09:50 587
  • Bo‘limlar