“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 03:00
ЎЗO‘Z

Avstraliyalik olimlar inson 40 yoshdan keyin kamroq ishlashi kerakligini aniqlashdi

11 iyun, 06:34 3 499 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avstraliyalik olimlar inson 40 yoshdan keyin kamroq ishlashi kerakligini aniqlashdi Foto: Pixabay
Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar kabi Avstraliya ham tug‘ilish darajasi yuqori emasligi va umr ko‘rish davomiyligi ko‘rsatkichi ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun mamlakat rahbariyati nafaqa yoshini uzaytirish haqida o‘yladi va yaqindan boshlab avstraliyaliklar nafaqaga 65 yoshda emas, 67 yoshda chiqadigan bo‘lishdi. Biroq olimlar bunday o‘zgarish ish beruvchiga ham, davlatga ham katta foyda keltirmasligini aytishmoqda, chunki yoshi 40 dan oshgan xodimlarning ish qobiliyati u qadar yuqori emas.

Melburn universiteti mutaxassislari xuddi shu xulosaga kelishdi. Ular 40 yoshdan katta 7 500 nafar avstraliyaliklarning kognitiv funksiyalarini tadqiq etishdi. Ko‘ngillilar ularning xotirasi, fikrlash tarzi, shuningdek, qarorlarni qabul qilishdagi professionallikni baholashda yordam beradigan bir qator testlardan o‘tishdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, haftasiga 30 soatdan ortiq ishlash kognitiv funksiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan.

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, bugun mavjud bo‘lgan 40 soatlik ish haftasi gap o‘rta va katta yoshdagi odamlar haqida borganida kutilgan iqtisodiy samara bermaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 40 yoshdan o‘tgan kishilar uchun 25-30 soatlik ish haftasi optimal sanaladi. Ushbu yosh kategoriyasidagi xodimlar ish kuni haftasiga 3 kungacha qisqartirilganida yaxshi natijalar ko‘rsatishi aniqlandi.

Tadqiqot mualliflari boshqa mamlakatlar uchun mazkur ko‘rsatkichlar o‘zgacha bo‘lishi mumkinligini qayd etishmoqda. Shu tariqa, ish vaqtini taqsimlashning mavjud chizmasi, shuningdek ish haftasining davomiyligi kutilgan natija bermaydi, chunki ish jarayoni charchoq hissi, ishtiyoqning yo‘qolishiga olib keladi va ijobiy hislar keltirmaydi.

Biroq melburnlik tadqiqotchilar xodimlar ko‘proq dam olishi, ish beruvchi bundan ko‘proq foyda ko‘rishini ilgari surish bo‘yicha birinchi sanalmaydilar. Masalan, Avstraliyadagi kompaniyalardan biri o‘z xodimlariga uzunligi 12 haftadan iborat ta’til berishga qaror qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 176
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 103
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 215
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 336
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 169
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 291
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 70
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 36
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 18
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 79
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 127
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 60
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 186
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 201
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 270
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 153
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 97
  • Bo‘limlar