“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 16:46
ЎЗO‘Z

KLM «kelajak samolyoti»da yo‘lovchilar qanotlarda joylashtiriladi (video)

06 iyun, 14:34 3 620 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
KLM «kelajak samolyoti»da yo‘lovchilar qanotlarda joylashtiriladi (video) Foto: Hi-Tech
KLM Airlines kompaniyasi FlyingV innovatsion samolyot loyihasini moliyalashtirishga rozi bo‘ldi, deb xabar berdi "Daryo" nashri Hi-Tech"ga tayanib.

V shaklidagi fyuzelyajga ega samolyot dizayni Yustus Benad tomonidan yaratilgan. Uning g‘oyasini esa Niderlandiyaning Delf texnika universiteti tadqiqotchilari guruhi amalga oshiradi.

Futuristik samolyotning g‘oyasi shundan iboratki, yo‘lovchilar kabinasi hamda yonilg‘i baklari va yuk bo‘lmasi samolyot qanotida joylashgan. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, noodatiy tuzilish hisobiga umumiy aerodinamika yaxshilanib, yoqilg‘i sarflash tejaladi.

FlyingV samolyoti Airbus A350’ga nisbatan 20 foiz kam yonilg‘i sarflaydi, bunda uning saloniga xuddi shuncha (taxminan 314 nafar) odam sig‘adi.

Ushbu samolyot maketi Gollandiya aviaqatnovining 100 yilligi munosabati bilan Amsterdamning Sxipxol aeroportida namoyish etiladi. Samolyot 20-30 yildan keyin foydalanishga topshirilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 49
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 47
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 87
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 120
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 161
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 304
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 80
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 158
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 84
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 44
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 297
  • Bo‘limlar