Kino olamida muhim voqea sanalgan Kann xalqaro kinofestivali o‘z yakuniga yetdi va g‘oliblar nomi aniqlandi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Unga ko‘ra, Janubiy Koreyalik rejissyor Pon Jun-xoning “Tekinxo‘rlar” filmi festivalning bosh sovrini - “Oltin palma”ga munosib deb topildi. Janubiy Koreyalik kinoijodkorlar ilk marotaba bu mukofotni qo‘lga kiritishdi.
Eng yaxshi rejissyor mukofoti esabelgiyalik aka-uka Jan-Per va Lyuk Dardennlarganasib etdi.
Eng yaxshi aktyor nomini Antonio Banderas “Dard va shuhrat” filmi uchun olgan bo‘lsa, eng yaxshi aktrisa sifatida Emili Bichem qayd etildi.