“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 19:33
ЎЗO‘Z

Endi qonunchilikda «militsiya» so‘zi umuman ishlatilmaydigan bo‘ldi

24 мая, 13:06 3 755 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi qonunchilikda «militsiya» so‘zi umuman ishlatilmaydigan bo‘ldi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

194-moddaning (Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik):
nomidagi «Militsiya xodimining» degan so‘zlar «Ichki ishlar organlari xodimining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

birinchi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki ko‘rsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik»;

195-moddaning (Militsiya xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish):
nomidagi «Militsiya xodimlarining» degan so‘zlar «Ichki ishlar organlari xodimlarining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Ichki ishlar organlari xodimining o‘z vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, xuddi shuningdek ichki ishlar organlari xodimlariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish»;

196-moddaning (Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan militsiyaning yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik):
- nomidagi «militsiyaning» degan so‘z «ichki ishlar organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;
- dispozitsiyasidagi «militsiyaning» degan so‘z «ichki ishlar organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;
- 199-moddaning (Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik) dispozitsiyasidagi «Militsiya» degan so‘z «Ichki ishlar organi» degan so‘zlar bilan almashtirildi;
- 242-modda (Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar) birinchi qismining (Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni) 4-bandidagi «(militsiya)» degan so‘z chiqarib tashlandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligi qisqartirildi 25 dek, 17:30
  • «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi 13 noya, 11:52
  • Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi 30 iyul, 12:15
  • Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi modda bilan to‘ldiriladi 04 iyun, 13:00
  • O‘zbekistonda militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik uchun jazo kuchaytiriladi 14 мая, 03:30
  • Endi ishga qabul qilishda "propiska" talab qilinmaydi 10 yanv, 14:06
  • So'nggi yangiliklar
  • Qurilish vaziri sohadagi korrupsion sxema haqida gapirdi 16 yanv, 18:48 0
  • Futbolda so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi terma jamoa murabbiylari aniqlandi 16 yanv, 18:20 0
  • Kivi mavsumi: Ushbu meva immunitetga qanday ta’sir qiladi? 16 yanv, 17:43 10
  • Qarzdorning qidiruvdagi “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi topildi 16 yanv, 17:17 116
  • Yangi qonun kuchga kirdi 16 yanv, 16:46 387
  • "Nasaf" darvozaboni "Neftchi"da! 16 yanv, 16:18 270
  • O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi 16 yanv, 15:57 303
  • Jasur Jaloliddinovning agenti: «Bunyodkor» sobiq direktori Jasurni qo‘yib yuborishni istamagandi 16 yanv, 15:27 211
  • Shavkat Mirziyoyev 17 yoshli talaba qizning taklifini qo‘llab-quvvatladi 16 yanv, 14:49 139
  • Qayroqqum suv omborida to‘g‘on yorilgani haqida mish-mish tarqatganlar qo‘lga olindi 16 yanv, 14:11 282
  • Ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkazishga yordam beradigan 9 tavsiya 16 yanv, 13:25 146
  • O‘z otasini oq qilgan o‘g‘il. U kim edi? 16 yanv, 12:43 576
  • Bo‘limlar