“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 09:43
ЎЗO‘Z

AQShning Iroqdagi elchixonasi “Katyusha”dan o‘qqa tutildi

20 мая, 09:47 3 470 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQShning Iroqdagi elchixonasi “Katyusha”dan o‘qqa tutildi Iroq poytaxti Bag‘dodning “yashil hududi”da “Katyusha” reaktiv snaryadi portladi. Bu haqda RT telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, snaryad tushgan ushbu hududda asosiy vazirliklar va elchixonalar, jumladan AQSh elchixonasi joylashgan.

Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ayni vaqtda iroqlik harbiylar boshqa tafsilotlarni keltirishmagan.
Al Arabiya telekanalining xabar berishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh elchixonasi o‘qqa tutilgan.

“Yashil hudud” 2003 yilda Saddam Husayn tuzumi ag‘darilgandan keyin 10 kvadrat kilometrlik hududda paydo bo‘lgan. Avval Husayn saroylari, davlat idoralari, amaldorlarning uylari va villalari joylashgan, baland to‘siq bilan o‘ralgan ushbu hududda Iroqning yangi hokimiyati idoralari, jumladan parlament qo‘nim topgan. U yerga faqat maxsus biometrik ruxsatnomalar bilan sinchkov tekshiruvdan keyin kirish mumkin. Hududga tushishning qiyinligi sababli jangarilar uni minomyotdan va raketalar bilan o‘qqa tutish amaliyotini qo‘llashadi.

“Katyusha” Ikkinchi jahon urushi vaqtida sobiq ittifoqda ishlab chiqilgan ko‘p maqsadli raketa qurilmasi bo‘lib, ushbu arzon va samarali tizimlarni oddiy yuk mashinalarga o‘rnatish mumkin bo‘lgan. Ushbu qurol urushdan keyin takomillashtirilib, ko‘plab davlatlarga, jumladan Iroqqa yetkazilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 0
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 182
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 355
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 92
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 201
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 0
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 0
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 126
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 77
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 182
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 94
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 34
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 50
  • Bo‘limlar