“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 22:36
ЎЗO‘Z

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i iste’foga chiqdi

16 мая, 08:46 3 083 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i iste’foga chiqdi Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi boshlig‘i Idris Qodirqulov iste’foga chiqishga ariza berdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.

Qodirqulovning ta’kidlashicha, OAVda va jamoatchilikda qo‘mita go‘yoki Davlat ro‘yxatga olish xizmati tomonidan biometrik pasportlar blankalarining xarid qilinishi bo‘yicha materiallarni noxolis ko‘rib chiqayotgani va bu ishning bir tomonlama hal qilinishidan manfatdorligi muhokama qilinmoqda.

Qo‘mita boshlig‘i shu vaziyatni inobatga olib, iste’foga chiqishga qaror qilgan.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatida davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov Qodirqulovning iste’fosini qabul qilgani ma’lum qilingan. U bu lavozimda bir yildan sal ko‘proq ishlagan.

Avvalroq qo‘mita sud qaroriga ko‘ra Davlat ro‘yxatga olish xizmati raisi o‘rinbosari Ruslan Saribayev, stats-kotib Daniyar Bakchiyev va “Infokom” korxonasi direktori Talant Abdullayevni hibsga olgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Abdullayev Litvaning “Garsu pasaulis” vakili bilan Olmaotadagi restoranda uchrashgan.

Litva kompaniyasi yangi avloddagi biometrik pasport blankalarini yetkazib berish bo‘yicha tenderni yutgan. Biroq qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, Litva kompaniyasi taklifi narx bo‘yicha eng pasti bo‘lmagan. Davlat ro‘yxatga olish xizmatida ta’kidlanishicha, kompaniya bilan shartnoma tuzilmagan.

Shundan keyin Litva kompaniyasi Qirg‘iziston Davlat ro‘yxatga olish xizmati rahbariyati bilan bog‘liqligini rad etgan bayonotni tarqatgan. Kompaniyada ham Qirg‘izistonda, ham xalqaro arbitraj sudida o‘z sha’nini himoya qilish uchun barcha choralar ko‘rilishi e’lon qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 60
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 35
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 77
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 90
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 176
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 9
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 60
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 35
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 77
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 71
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 132
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 92
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 90
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 175
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 66
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 126
  • Bo‘limlar