Dunyodagi eng yirik samolyot ilk bor parvozni amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri. Stratolaunch Systems samolyoti o‘zining ushbu ilk parvozida soatiga 304 kilometr tezlikda harakatlanib, 5 kilometrdan balandlikka ko‘tarila olgan.
Ushbu parvoz umumiy hisobda 2,5 soat davom etgan. Mazkur sinov parvozida uning barcha jihatlari tekshirib ko‘rilgan. Stratolaunch Systems – koinotga yuk yetkazib berish maqsadida yaratilgan dunyodagi eng yirik samolyotdir. Uning qanotlari uzunligi 117 metr bo‘lib, oltita dvigatelga ega.