“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 19:38
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev yil oxirida Rossiyaga tashrif buyuradi

25 apr, 09:56 3 076 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev yil oxirida Rossiyaga tashrif buyuradi 24 aprel kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning XX yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev hamda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin boshchiligida o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Maksim Oreshkinning ma’lum qilishicha, so‘nggi ikki yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 20 foizga o‘sdi - bu MDH davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri.

«Bosh vazirlar darajasida qo‘shma komissiya mavjud, bizda bu dunyodagi faqatgina bir necha davlat bilan amal qiladi. Bosh vazirlar uchrashuvi may oyi oxiriga rejalashtirilgan. Yil oxirida esa O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifini kutmoqdamiz», - dedi Oreshkin.

Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik mustahkamlanayotgani hamda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘sib borayotganini ta’kidladi. «Ayniqsa, shuni ta’kidlashni istardimki, tayyor, qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmi o‘smoqda, sababi bu rossiyalik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ular o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan ish olib boradigan kompaniyalardir, bu Rossiya bozoriga yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlaydi», - dedi u.

Xo‘jayev, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma korxonalar soni ortib borayotganini qayd etdi - 2019 yil birinchi choragida ular soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 400taga ko‘paygan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 562
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 0
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 0
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 0
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 27
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 28
  • Bo‘limlar