“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2021, 21:28
ЎЗO‘Z

Hukumat qarori: O‘zbekiston qator yer maydonlari yer solig‘idan ozod etildi

12 apr, 13:03 2 884 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hukumat qarori: O‘zbekiston qator yer maydonlari yer solig‘idan ozod etildi Yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori (297-son, 11.04.2019) qabul qilindi.

Adliya vazirligi telegram kanalida yozilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida 88 ming 123 gektar qamishzor maydoni bo‘lib, 475 ming 864 tonna qamish yetishtiriladi.

Qarorga muvofiq, mazkur hududlardagi kichik sanoat zonalarida yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etiladi.

Bunda qamishlarning o‘rib olinishi natijasida atrof-muhitga, hayvonot olamiga, ko‘chib yuruvchi qushlarga zarar yetkazmaydigan tarzdagi sanoat usulida foydalanilishi mumkin bo‘lgan qamishzorlar maydonlari reyestri shakllantiriladi.

Mazkur qamishzorlar reyestri asosida yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish uchun investorlar jalb etiladi.

Qarorga ko‘ra respublikada 2019 yilda 60 ming kub.m, 2020 yilda 190 ming kub.m hamda 2021 yilda 330 ming kub.m yog‘och qirindili plitalar (DSP) va ularning muqobil turlari ishlab chiqariladi.

2022 yil 1 yanvargacha yog‘och qirindili plitalar va uning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar olib kiradigan xom ashyo, asbob-uskunalar, ularning butlovchi hamda ehtiyot qismlari bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.

Viloyat hokimlariga tadbirkorlarga terak va pavloniya ekish uchun ball boniteti past yerlarni ajratish vazifasi yuklandi.

Yog‘ochbop daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etgan tadbirkorlar 2022 yil 1 yanvargacha terak, pavlovniya va boshqa tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtlar ekilgan yer maydonlari uchun yer solig‘i to‘lamaydi.

Qonunchilikka muvofiq, yog‘och-payraxa plitalar va yog‘ochdan yasalgan shunga o‘xshash plitalar yoki qatron yoki boshqa organik bog‘lovchi moddalar shimdirilgan yoki shimdirilmagan boshqa yog‘ochsimon materiallarni olib kiruvchi yuridik shaxslar import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan edi. 2019 yil 1 maydan mazkur imtiyoz bekor qilindi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Bandixon tumani hokimligi tashkil etildi 03 fev, 06:30
  • Zargarlik bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi 09 okt, 13:39
  • 2019 yilda gilos hosildorligi 50 foizga pasaygan 18 iyul, 21:33
  • Go‘sht va sut narxini o‘zgarmasligi ta’minlanadimi? 05 apr, 06:00
  • Bozorlarda goʻsht va sut narxining barqarorligini taʼminlash choralari belgilandi 30 mar, 09:40
  • O‘zbekistonda baliq va baliq chavoqlari yetishtirish ko‘paytiriladi 07 apr, 12:41
  • So'nggi yangiliklar
  • Tarvuz haqida 8 ta hayratlanarli fakt 02 avg, 20:45 0
  • 1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik uchun tosh maydalash-saralash uskunasi xatlab qo‘yildi 02 avg, 20:25 0
  • "Roma"ga transferi sir tutilayotgan Eldor Shomurodov borasida ma’lumot 02 avg, 20:00 0
  • Yoshi kattalar tushundi va oila yarashdi 02 avg, 19:44 41
  • Eldor Shomurodov "Roma"ning Portugaliyadagi yig‘iniga yetib bordi 02 avg, 19:20 99
  • Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi 02 avg, 19:00 155
  • Turkmaniston prezidenti yangi qiruvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi 02 avg, 18:30 272
  • DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olindi 02 avg, 18:25 216
  • Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytdi, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida tergov qilinmoqda 02 avg, 17:44 366
  • Respublikachilar COVID laboratoriyada paydo bo‘lgani to‘g‘risida dalillar borligini ma’lum qildi 02 avg, 17:13 400
  • Andijonda hokimiyat oldidagi yo‘lni to‘sgan ayollar jazolandi (video) 02 avg, 16:44 416
  • O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi (video) 02 avg, 16:13 174
  • Bo‘limlar