“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 09:00
ЎЗO‘Z

Aholini dori vositalari bilan taʼminlashga doir chora-tadbirlar qabul qilindi

12 mar, 16:53 7 307 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aholini dori vositalari bilan taʼminlashga doir chora-tadbirlar qabul qilindi Ular Vazirlar Mahkamasining 1.03.2019 yildagi 185-son qarorida nazarda tutilgan, u shu jumladan davlat tibbiyot tashkilotlariga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini uzluksiz yetkazib berishga yoʻnaltirilgan.

Normaʻning yozishicha, hujjatda Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan 300 mlrd soʻm miqdoridagi foizsiz byudjet ssudasini qaytarish mexanizmi belgilangan. Uning 15 mlrd soʻmlik qismi qoplangan. Qolgan qismini 2019 yil 1 iyulgacha qoplash zarur, summaning bir qismi (26,5 mlrd) “Oʻzmedimpeks” DUK tomonidan 1 aprelgacha qoplanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqaruv organlariga dori vositalari sotilishi hamda foizsiz ssudaning qolgan qismi qoplanishi tasdiqlangan sxema boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda dori vositalarining yillik ehtiyojidan ortiqcha zaxirasi yaratilishi hamda buning natijasida boshqa turdagi zarur dori vositalarini xarid qilishga mablagʻlarning yetishmovchiligi yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha javobgarlik Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklanadi.

Viloyat hokimliklariga tasdiqlanadigan roʻyxatga asosan viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalariga dori vositalarini xarid qilish uchun zarur mablagʻlar ajratish vazifasi topshirildi. Mablagʻlar 2019 yil Davlat byudjeti parametrlari doirasida beriladi.

Endokrinologik kasalliklarga chalingan hamda buyrak va jigar transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan bemorlarni dori vositalari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida davlat tibbiyot tashkilotlarining xarajatlar smetasida mazkur tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni Sogʻliqni saqlash vazirligining xarajatlar smetasida jamlash orqali markazlashtirilgan holda xarid qilishga ruxsat berildi.

Hujjat 2.03.2019 yildan kuchga kirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 178
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 63
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 198
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 153
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 321
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 117
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 69
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 108
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 238
  • Bo‘limlar