“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 09:55
ЎЗO‘Z

Tadbirkorlar uchun: Bojxonalarda “yashil” va “koʻk” yoʻlaklar ishga tushirildi (foto)

01 mar, 22:50 3 229 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadbirkorlar uchun: Bojxonalarda “yashil” va “koʻk” yoʻlaklar ishga tushirildi (foto) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan bojxona sohasida Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi amaliyotga joriy etilib, tovar va transport vositalari uchun ham bojxona nazoratida maxsus yoʻlaklar joriy etildi.

Jumladan, 2018 yil 1 dekabrdan boshlab “sariq” va “qizil” yoʻlaklar ishga tushirilgan boʻlsa, 2019 yil 1 martdan boshlab “yashil” va “koʻk” yoʻlaklar joriy etildi.

Ushbu tizimni toʻlaqonli amalga kiritish orqali “yalpi” bojxona nazoratini oʻtkazishdan voz kechgan holda, xavf profillari yoki tasodifiy tanlov asosida tovar va transport vositalarining bojxona nazorati quyidagi yoʻlaklardan biriga yoʻnaltirilgan holda amalga oshiriladi:

“yashil yoʻlak”, bunda xavf darajasi past boʻlgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi.

“qizil yoʻlak”, bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.

“sariq yoʻlak”, bunda bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish boʻyicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.

“koʻk yoʻlak”, bunda xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan soʻng amalga oshiriladi.

Ushbu tizim tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi yuzasidan amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalarining oʻtkazilishini tezlashtirish bilan bir qatorda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olishda muhim rol oʻynaydi.

Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirishga, bojxona nazorati xajmining kamayishiga, sifatining oshishiga, halol tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

Tadbirkorlar endilikda Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona.uz sayti orqali bojxona yuk deklaratsiyasining maqomi hamda uning qaysi yoʻlakka joylashtirilganligi toʻgʻrisida real vaqt rejimida maʼlumot olish imkoniyatiga ham ega boʻlishdi. Bu esa mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yoʻnalishidagi muhim yangilik hisoblanadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Salkam 328 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi 02 mar, 13:16
  • Gilzalar “Best” yordamida fosh etildi 27 fev, 09:50
  • Lasettining yonilg‘i bakiga nima yashirilgan edi? 17 fev, 17:25
  • Yashil yo‘lakdan 100 mln. so‘mdan oshiq tilla olib o‘tayotganligi aniqlandi 05 fev, 23:55
  • Xorijdan olib kelinadigan mashinalar uchun bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtirildi 18 iyul, 16:18
  • Davlat bojxona qo‘mitasi “Bojxona kalkulyatori” interaktiv elektron xizmatini taqdim qildi 29 noya, 17:33
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 257: Mahmud Muradov amerikalik raqibini texnik nokautga uchratdi (video) 24 yanv, 09:25 0
  • Ohangaronda «Zil-130» yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi 24 yanv, 09:20 0
  • Yangi-Angren IES boshqaruv kompaniyasi stansiyadagi portlashning sababini ma’lum qildi 24 yanv, 09:00 0
  • Germaniyadagi bu uyda qachonlardir Vladimir Putin oilasi bilan 6 yil yashagan (foto) 24 yanv, 08:20 3
  • Nurmat Otabekov fevral oyida karantin cheklovlari qayta tiklanishiga oid xabarlarga izoh berdi 24 yanv, 07:40 50
  • Qalbaki dollar «o‘tkazgan» ikki shaxs qo‘lga olindi 24 yanv, 07:00 150
  • Koronavirusning «teri» belgilari ma’lum qilindi 24 yanv, 00:20 426
  • AQSH Senatida Trampning impichmenti jarayoni 8 fevral kuni boshlanadi 23 yanv, 23:51 316
  • Aziz G‘aniyev jamoasi Otabek Shukurovning «Sharja»sini mag‘lub etib, BAA Superkubogiga ega chiqdi 23 yanv, 23:20 208
  • Nurgul Yashilchoy shu vaqtgacha og‘iz ochmagan oilasidagi fojiali voqea haqida so‘zlab berdi 23 yanv, 22:53 739
  • Jo Baydenning dastxati nimadan dalolat beradi? 23 yanv, 22:06 382
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi 23 yanv, 21:30 762
  • Bo‘limlar