“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 23:49
ЎЗO‘Z

IIV Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kaltaklangan fuqaro haqidagi xabarga izoh berdi

21 fev, 12:05 5 914 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIV Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kaltaklangan fuqaro haqidagi xabarga izoh berdi Qator nashrlarda “Milliy gvardiyachimiz" deganlar o‘g‘limni kaltakladi, IIB xodimlari tomoshabin bo‘lib turdi” sarlavha bilan tarqalgan maqolaga Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan oydinlik kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, 2018 yilning 9 dekabr kuni Angor tumani “Yangi turmush” mahallasi aholisidan IIB navbatchilik qismidagi “102” telefoniga, Sho‘rchi tumanida yashovchi “Sanjar” ismli shaxs mast holda uyiga kirib, janjal qilayotgani va qo‘shnilarning tinchini buzayotgani haqida xabar kelib tushadi.

Voqea joyiga ushbu hududda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori yuboriladi. Profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Sho‘rchi tumani Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqaro J.S. o‘z ko‘rsatmasida 2018 yil 8 dekabr kuni soat 12.00larda Angor tumani “Qadimiy-Angor” mahallasida yashovchi xolasining uyiga qurilish ishlariga yordam berish uchun kelganligini, ishlarni tugatib, ovqatlanish vaqtida spirtli ichimlik iste’mol qilganligini, keyin mast holatda fuqaro J.N.ning uyiga kirib borganligini, fuqaro J.N. esa uni qo‘li bilan urib tan jarohati yetkazganligini ma’lum qilgan.

Angor tumani Tibbiyot birlashmasining 2018 yil 9 dekabr kunidagi dalolatnomasida fuqaro S.J. alkogol mastlik holatida bo‘lganligi qayd etilgan.

Surxondaryo viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosining 2018 yil 20 dekabrdagi ekspertiza xulosasida, fuqaro S.J.da bir qancha tan jarohatlari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Angor tumani prokuraturasi tomonidan ichki ishlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan va xizmat tekshiruvi o‘tkazish belgilangan.

Natijada xodimlarning xatti-harakatlarida qonun buzish holatlari aniqlanmagan va ushbu holatda Milliy gvardiya xodimlari bo‘lmaganligi aniqlangan. Fuqaro S.J. IIBga bergan ko‘rsatmasida ham biror marta Milliy gvardiya xodimlari to‘g‘risida gapirmaganligini ma’lum qildi, deyiladi xabarda.

Bugungi kunda S.J.ning tan jarohati olishi, unga tegishli avtomashinaga texnik shikast yetkazilganligi yuzasidan aybdorlarni aniqlash maqsadida, Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan 2019 yilning 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun Angor tumani prokuraturasiga yuborilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ichki ishlar xodimlarining harakatiga huquqiy baho berish uchun Angor tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 1
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 33
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 61
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 289
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 1
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 0
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 81
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 57
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 21
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 23
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 160
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 206
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 287
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Bo‘limlar