“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 23:42
ЎЗO‘Z

Hindistonda politsiyachilar rogatka bilan qurollantirildilar

09 fev, 06:00 4 414 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hindistonda politsiyachilar rogatka bilan qurollantirildilar Toj-Mahal hududida xizmat qiluvchi hind politsiyachilari sayyohlarni maymunlardan himoya qilish uchun antiqa qurol – rogatkalar oldilar. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Shu bilan birga sayyohlarga muntazam hujum qiluvchi maymunlarni qirishga Hindiston qonunlari yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli politsiyachilarga xira maymunlarni haydash uchun rogatkalarni qo‘llashga ruxsat berilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Agrada 10 mingga yaqin maymun bor bo‘lib, bevosita Toj-Mahal atrofida 500-700 maymun yashaydi. Maymunlar tajovuzkor bo‘lishiga qisman sayyohlarning o‘zi ham aybdor: ular maymunlar bilan o‘ynashishadi, ularga yegulik berib, u tugaganda esa maymunlarni haydashga tushishadi.

Hindistonda har oy maymunlarning odamlarga kamida ikki marta hujum qilgani qayd etiladi. 2018 yil mayida Toj-Mahal yaqinida ikki fransiyalik sayyoh makakalar qurboniga aylangan. Keyinroq maymunlar tishlashidan britaniyalik sayyohga kuchli zarar yetgan. Noyabrda esa maymun mahalliy ayolning qo‘lidan emizikli chaqaloqni yulib olib, u bilan birga qochib, uylardan birining tomida tashlab ketgan. Chaqaloq olingan jarohatlardan vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 0
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 1
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 56
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 56
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 45
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 0
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 1
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 28
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 56
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 56
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 45
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 54
  • Bo‘limlar