“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 17:02
ЎЗO‘Z

Rossiyada eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillar ma’lum qilindi

05 fev, 07:27 5 223 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillar ma’lum qilindi “Sezar-Satellit” kompaniyasi 2018 yilda Rossiyada o‘g‘irlangan va qidiruvga berilgan avtomobillar haqidagi statistikani yangiladi. Ularga ko‘ra, o‘tgan yilda Rossiyada Hyundai Solaris mashinalari o‘g‘rilar nishoniga aylanish borasida yetakchilik qilgan. Bu modeldagi avtomobillardan 1249 tasi o‘g‘irlab ketilgan. Antireytingning 2-o‘rnini Kia Rio (969 ta), 3-o‘rnini VAZ 2107 (730 ta) egallagan. Yuqori beshtalikka Toyota Camry (669 ta) va Ford Focus (457 ta) kirgan. Keyingi o‘rinlarda Renault Logan, Nissan Almera, Volkswagen Polo, Daewoo Nexia va Mazda CX-5 kelmoqda.

O‘tgan yil umumiy hisobda Rossiyada 26819 ta mashina qidiruvga berilgan. Yagona quvonarli jihati, bunday jinoyatlar 2017 yilgiga nisbatan 21 foizga (6939 ta mashina) kamaygan.

Shu bilan birga, 2018 yilda o‘g‘rilar e’tiborlarini mototsikllarga ko‘proq qarata boshlashgan. O‘tgan yil o‘g‘irlangan “bayklar” 1187 donani tashkil qilgan.

Premium-sinfdagi avtomobillar orasida Mercedes-Benz (597 dona), BMW (539), Lexus (466), Audi (261) va Land Rover (237) eng ko‘p o‘g‘irlangan. Keyingi o‘rinlarda Infiniti, Porsche, Jaguar, Rolls Roys va Bentley kelmoqda.

Eng ko‘p o‘g‘irlangan markalar bo‘yicha “AvtoVAZ” mashinalari yetakchilik qilmoqda (5693 dona). Keyingi o‘rinlarni Toyota (2746 dona), Hyundai (1905), Kia (1864) avtomobillari va turli markadagi mototexnika egallagan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 0
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 155
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 101
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 492
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 0
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 0
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 0
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 0
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Bo‘limlar