“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 21:11
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston qaysi davlatlarga eng ko‘p eksportni amalga oshirdi?

23 yanv, 12:54 5 429 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston qaysi davlatlarga eng ko‘p eksportni amalga oshirdi? Foto: O‘zA
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi o‘tgan 2018 yilda 33,8 milliard dollarni tashkil etdi. Bu 2017 yilga nisbatan 27,3 foizga ko‘p demakdir, deb yozadi O‘zA.
Bunday ko‘rsatkichga qaysi mahsulotlar va xizmatlar evaziga erishildi?

«Ma’lumki, tashqi savdo hajmi tovarlar va xizmatlar eksporti va importi hisobidan shakllanadi, — deydi Davlat statistika qo‘mitasi Tashqi savdo bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Botir Ergashev. — 2018 yilning yanvar—dekabr oylari holatiga ko‘ra eksport hajmi 14,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu tariqa 2017 yilning mos davriga nisbatan 13,5 foiz o‘sishga erishildi. Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya O‘zbekiston eng ko‘p mahsulot eksport qiladigan davlatlar hisoblanadi. Xususan, Xitoy va Rossiyaga asosan gaz va meva-sabzavot mahsulotlari, Turkiyaga esa qora va rangli metallar eksport qilinadi.

Eksport qilinayotgan mahsulotlar hajmi jahon bozorida unga bo‘lgan talabga ko‘ra o‘zgarib turadi. Ba’zida bu bizning imkoniyatimiz va rejalarimizga ham bog‘liq. Misol uchun, paxta eksporti yildan yilga pastlab bormoqda. 2015 yilda 503,8 ming tonna, 2016 yilda 416 ming tonna, 2017 yilda 278,9 ming tonna, 2018 yilda esa 115,6 ming tonna xorijga sotildi. Ushbu kamayish dinamikasining sababi sifatida o‘zimizda paxtani qayta ishlash hajmi ortib, tayyor yoki yarim tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishga katta e’tibor berilayotganligini aytishimiz mumkin. O‘z o‘rnida, 2018 yil yakunlariga ko‘ra 1,6 milliard dollarlik tekstil mahsulotlari eksport qilindi.

Respublikada yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan meva-sabzavotlar ham xaridorgir hisoblanadi. Agarda 2017 yilda 364,2 ming tonna sabzavot eksport qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 670,4 ming tonnani tashkil etdi. Mevalar eksporti ham 2018 yilda 2017 yilga nisbatan o‘sdi. Ya’ni, qariyb 540 ming tonnadan 560,2 ming tonnaga yetdi. Ular orasida uzum eksportida nisbatan kamayish kuzatildi. 2017 yilda qariyb 214 ming tonna uzum eksport qilingan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 206,8 ming tonnani tashkil etdi.

Quvonarlisi, biz Yevropa mamlakatlariga ham kirib boryapmiz. Hozirga qadar meva-sabzavotlarni asosan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarga eksport qilgan bo‘lsak, 2018 yil davomida Latviya, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Italiya, Ispaniya kabi davlatlarga 11,8 ming tonnaga yaqin asosan quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berildi».



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi bo‘lib qoldi 23 iyul, 16:41
  • Oʻzbekistonda ikki oyda import uchun sarflangan 3,35 mlrd dollarga nimalar olib kelindi? 20 mar, 08:43
  • O‘zbekiston 2019 yilni oltinni faol sotish bilan boshladi 19 fev, 12:36
  • O‘zbekiston import uchun 15 mlrd dollar sarfladi 15 noya, 14:58
  • Energiya manbalari va neft mahsulotlari eksporti 91,4 foizga o‘sdi 12 apr, 15:43
  • O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 12,072 mlrd dollardan oshdi 07 avg, 12:00
  • So'nggi yangiliklar
  • Moddalar almashinuvini tezlashtirishning 7 samarali usuli 24 okt, 20:30 0
  • Haqiqatni aytgan faqat Mikael Sekeyra emas 24 okt, 20:00 0
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 103
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 214
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 191
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 197
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 264
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 236
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Bo‘limlar