“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2021, 02:58
ЎЗO‘Z

Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i uning Shveysariyadagi pullariga da’vo qilmoqda

18 yanv, 23:23 3 497 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i uning Shveysariyadagi pullariga da’vo qilmoqda Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Mansur Maqsudiy Shveysariyaning Der Bund gazetasiga bergan intervyusida uning Shveysariyadagi pullariga da’vo qilayotganini bildirdi.

Nashrning ma’lumot berishicha, Maqsudiy amerikalik biznesmen bo‘lib, birinchi prezidentning qizi bilan turmush qurgan va 10 yil birga yashagan. Turmushlari buzilgach, unga va ukasiga tegishli bo‘lgan O‘zbekistondagi barcha mulklari tortib olingan. Ularning Coca-Cola Bottlers Uzbekistan qo‘shma korxonasidagi ulushi esa vositachi firma orqali Shveysariyadagi Zeromax kompaniyasiga o‘tkazilgan.

Nashrda qayd etilishicha, bu uning ilk intervyusidir. Bunga qadar u OAV bilan muloqotdan o‘zini olib qochgan.
Maqsudiy kompaniya Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lganini isbotlamoqchi.

Gulnora Karimova kompaniyada rasman faoliyat olib bormagan. U 2009 yilda «Nasha gazeta»ga bergan intervyusida Zeromax kompaniyasiga aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova qonun bilan belgilangan tartibda jazo o‘tashni davom etmoqda. O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, u 2015 yilning avgustida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 5 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan.«Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Karimova o‘zi ayblangan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topildi va unga besh yilga ozodlikni cheklash tarzidagi jazo belgilangan», deyilgandi Bosh prokuratura xabarida.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Bosh prokuror o‘rinbosari: «Tashqaridagi aktivni qaytarish oson ish emas» 14 iyun, 19:41
  • Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi qimmatbaho avtomobillari haqida xabar berildi 28 apr, 06:00
  • Gulnora Karimovaning o‘g‘li nimadan xavotirlanyapti? 17 fev, 15:13
  • O‘zbekiston Gulnora Karimovaning pullarini qanday sarflaydi? 23 yanv, 20:28
  • Xorijliklar Zeromax’ning qarzlari Gulnora Karimovaning muzlatilgan aktivlari hisobidan to‘lanishini so‘rashmoqda 14 okt, 15:52
  • Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i aslida kim edi? 12 avg, 19:33
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor kartoshkaning salomatlikka zararidan ogohlantirdi 28 fev, 23:58 223
  • Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto) 28 fev, 23:30 206
  • Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video) 28 fev, 22:53 284
  • Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga yirik hisobda yutqazdi 28 fev, 22:33 456
  • AQSH Arktikada Rossiyaga qarshi kurashish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni yangilamoqchi 28 fev, 22:00 599
  • OKMK futzalchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi 28 fev, 21:30 704
  • Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt 28 fev, 20:53 821
  • Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot 28 fev, 20:05 438
  • Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi 28 fev, 19:28 626
  • Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda 28 fev, 18:48 390
  • “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman 28 fev, 18:13 527
  • Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi 28 fev, 17:43 976
  • Bo‘limlar