“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 02:05
ЎЗO‘Z

Maktabning kuzatuv kengashiga kimlar kiradi?

17 yanv, 13:08 4 183 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maktabning kuzatuv kengashiga kimlar kiradi? Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 5.09.2018 yildagi PF-5538-son farmoni 4-bandiga asosan 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab umumta’lim muassasalarining vasiylik kengashlari tugatildi. Ularning o‘rnini kuzatuv kengashlari egallashi kerak.

Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, kuzatuv kengashlarini tashkil etish nodavlat maktablar uchun tavsiyaviy xususiyatga ega, davlat maktablarida esa – majburiy.

Kuzatuv kengashi 7 kishidan kam bo‘lmagan tarkibda ota-onalar umumiy yig‘ilishi tomonidan 3 yil muddatga saylanadi. Bunda kengash tarkibiga ota-onalar orasidan kamida 2 nafar, bitiruvchilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar a’zo kirishi kerak. Kengash a’zolari teng huquqli, 1 ovozga ega bo‘lib, ochiq ovoz beradilar (oshkora).

Maktab direktori, uning o‘rinbosarlari va mazkur mansabdor shaxslarning yaqin qarindoshlarini kengashga saylash taqiqlanadi.
Kengashlarning asosiy vazifalari:
• Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan ta’lim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
• ta’lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
• ta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;
• ta’lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo‘yicha yillik moliyaviy rejalarni, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
• o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;
• o‘quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, ta’lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish;
• ta’lim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.

Kengash har chorakda kamida 1 marta yig‘iladi, uning qarorlari esa bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. U 3 kun ichida xalq ta’limi organlariga yuborilishi kerak. Biroq, kengashlar o‘z faoliyatida direktor tomonidan o‘z qonuniy vakolatlarini amalga oshirishiga aralashishga haqli emas. Bunday faktlarda xalq ta’limi organlari kengashni tarqatib yuborib, keyinchalik yangi tarkibni saylashga haqli.

Hujjat 14.01.2019 yildan kuchga kirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 127
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 201
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 512
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 72
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 65
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 345
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 70
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 36
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 18
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 79
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 127
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 60
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 186
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 201
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 270
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 153
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 97
  • Bo‘limlar