“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:36
ЎЗO‘Z

Xorijga chiqish biometrik pasporti qanday olinadi?

17 yanv, 07:46 7 180 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorijga chiqish biometrik pasporti qanday olinadi? Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Ushbu Nizomdan kelib chiqib, Adliya vazirligining Telegramdagi “Huquqiy axborot“ kanalida xorijga chiqish biometrik pasportini olish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2019 yil 1 yanvardan fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilgan.
Nizomga muvofiq, xorijga chiqish biometrik pasporti har qanday davlatga chiqishda amal qiladi.

Mazkur pasport quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:

Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun doimiy ro‘yxatda turadigan joylaridagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga (pasportnыy stolga) quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
-ariza-anketa;
-biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga to‘lmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
-ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti ( mavjud bo‘lsa);
-harbiy guvohnoma – harbiy xizmatga majburlar uchun;
-davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya;
-ota-onalar, vasiylarning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi – voyaga yetmaganlar uchun;
fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati – voyaga yetmaganlar uchun.

Mazkur pasport o‘n ish kunida beriladi. Fuqaro zudlik bilan chiqib ketishi talab qilinadigan hollarda, shoshilinch davolanish zarur bo‘lganida, yaqin qarindoshi og‘ir kasal bo‘lganida yoki vafot etganida pasport 5 ish kunida beriladi.

Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni rad etishga quyidagilar asos bo‘ladi:
-shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;
-shaxs ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratida bo‘lsa;
-shaxsga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilgan bo‘lsa;
-shaxsga nisbatan sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo‘lsa;
-shaxs o‘zi to‘g‘risida qasddan soxta ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa;
-shaxs xorijda bo‘lganida borgan mamlakatining qonunlarini buzganligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lsa.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 276
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 158
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar