“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2021, 01:34
ЎЗO‘Z

Ichki ishlar tizimida 172 xodim lavozimidan ozod etilib, 174 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi

16 yanv, 06:54 3 280 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ichki ishlar tizimida 172 xodim lavozimidan ozod etilib, 174 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiri bilan suhbatda fuqarolarning ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish uchun kompleks tadbirlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

19 ming nafar xodim attestatsiyadan o‘tkazildi. Ijobiy natijalarga erishgan, tashabbuskor 7 ming 678 nafar xodimga navbatdagi maxsus unvonlar berildi, 1 ming 12 nafar xodim rahbar kadrlar zaxirasiga kiritildi.

Egallab turgan lavozimida besh yildan ortiq xizmat qilayotgan 346 nafar rahbar xodimning faoliyati tanqidiy o‘rganilib, 172 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilib, o‘rniga tashabbuskor yangi rahbarlar tayinlandi.

Aksincha, o‘z ustida lozim darajada ishlamagan 383 nafar rahbar xodim olti oydan keyin qayta attestatsiyadan o‘tishi, 81 nafari past lavozimga tayinlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi, 59 nafari ichki ishlar organlari safidan bo‘shatildi.

O‘z navbatida, tizimda poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida ham aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolar tomonidan taklif qilingan pora sifatidagi pullarni olmasdan, pora berish jinoyatini fosh etishda shaxsiy tashabbus ko‘rsatgan ichki ishlar organlari xodimlari rag‘batlantirib borilmoqda. Bunda 77 nafar xodimning pora taklif qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab qilgan murojaatiga asosan aybdor fuqarolarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlandi.

2018 yilda tizimda xizmat qilgan 174 nafar xodim sodir etgan turli jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida o‘tgan yig‘ilishda 9 nafar ichki ishlar xodimi ishdan olindi 29 dek, 17:03
  • Adliya organlarida attestatsiya: 10 nafar xodim lavozimiga noloyiq deb topildi 04 мая, 07:13
  • Qashqadaryoda IIV tizimidagi 11 nafar rahbar ishdan bo‘shatildi 29 iyul, 22:20
  • Ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi 04 sen, 21:45
  • Ichki ishlar vaziri lavozimidan olindi 04 sen, 20:57
  • 9 nafar ichki ishlar xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi 20 apr, 22:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya va Belarus davlat to‘ntarishining oldi olingani haqida xabar berdi 19 apr, 00:30 0
  • Misrda relsdan chiqib ketgan poyezd fojiaga sabab bo‘ldi (video) 19 apr, 00:01 1
  • Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak? 19 apr, 00:01 0
  • “Tramadol”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:36 254
  • Parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:13 314
  • "Jenoa" bosh murabbiyi "Milan"ga boy berilgan o‘yin haqida nimalar dedi? 18 apr, 22:48 718
  • Och qoringa iste’mol qilish xavfli bo‘lgan mahsulotlarni bilasizmi? 18 apr, 22:13 927
  • Fuqaroga 55,5 mln. so‘m haqi undirib berildi 18 apr, 21:51 772
  • Gimnastikachi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishdi 18 apr, 21:30 1 077
  • O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi 18 apr, 21:00 1 207
  • Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari fosh etildi 18 apr, 20:36 622
  • Yuk mashinalariga yashirilgan mineral o‘g‘itlar fosh bo‘ldi 18 apr, 20:12 609
  • Bo‘limlar