“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 14:50
ЎЗO‘Z

“Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili”ni oʻtkazish masalasi muhokama qilindi

13 yanv, 09:20 3 600 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili”ni oʻtkazish masalasi muhokama qilindi 2019 yil 12 yanvar kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afgʻoniston ishtirokida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvi doirasida Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Abdulaziz Komilov Beybut Atamqulovni yuqori va masʼuliyatli Qozogʻiston TIV rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida vazirlar tomonidan qayd etilganidek,Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlarining Ostona, Samarqand va Sariagashda, xalqaro tashkilotlar tadbirlari chogʻida oʻtkazilgan uchrashuvlari koʻp qirrali Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlariga yangi joʻshqinlik berdi. 2018 yilda oʻtkazilgan Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlislari, birinchi hududlararo hamkorlik forumi va boshqa muhim qoʻshma tadbirlar ikki tomonlama hamkorlikni amaliy jihatdan mustahkamlashga imkon berdi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston va Qozogʻiston hamkorlikni kengaytirish, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya sohalarida aloqalarni mustahkamlash uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Xususan, oʻtgan yilning 11 oyi mobaynida oʻzaro savdo hajmi 38 foizga oshib, 2,6 milliard AQSH dollaridan koʻproqni tashkil etgani bundan dalolat beradi. Hududlararo munosabatlar, ikki mamlakat chegaraoldi viloyatlari oʻrtasida bevosita aloqalar oʻrnatish sohasida foydalanilmagan salmoqli imkoniyatlar mavjud.

Muzokarada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda boʻlib oʻtadigan Maslahatlashuv uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish va unda Qozogʻiston delegatsiyasi ishtirokiga doir masalalar muhim oʻrin egalladi.

Shuningdek, tinchlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash, turizm va madaniy-gumanitar sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari bilan bogʻliq ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar koʻrib chiqildi.

Vazirlar “Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili”ning muvaffaqiyatli yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etdilar va 2019 yili “Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili”ni oʻtkazishga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashdilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 63
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 215
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 100
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Bo‘limlar