“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 17:11
ЎЗO‘Z

Harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi

05 yanv, 17:45 4 741 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi O‘zbekistonda harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi va shu kvota doirasida test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga tegishli o‘quv yili uchun tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari doirasida alohida kvotalar ajratish va test sinovlarini o‘tkazish;
- harbiy qism komandirining tavsiyanomasi faqat harbiy oliygohlar uchun imtiyozga ega bo‘lishi nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 1 may, ijro uchun mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi, Mudofaa vazirligi, DXX, Milliy gvardiya.

Shuningdek, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi va ilmiy-o‘quv jarayoni sifati tubdan yaxshilanadi.

Bu borada 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari tayyorlanadi. Bunda Investitsiya dasturlariga kiritilgan ta’lim muassasalari ob’ektlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - yil davomida, ijro uchun mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Pedagogik ta’limning 6ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil bo‘ladi 17 fev, 10:38
  • OTMga kirish imtihonlari soddalashtiriladi 13 fev, 11:12
  • Harbiy imtiyozga ega abituriyentlar OTMlarga alohida kvota bo‘yicha qabul qilinadi 30 apr, 16:00
  • Toshkent shahrida Amiti Universiteti filiali tashkil etiladi 05 yanv, 14:49
  • Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni yig‘ish jarayoni o‘zgaradi 05 yanv, 12:18
  • DTM: Test materiallarini qayta ishlash jarayoni 17 avgustda yakunlanadi 02 avg, 14:07
  • So'nggi yangiliklar
  • Yosh 40 dan oshganidan keyin amal qilish kerak bo‘lgan odatlar 23 apr, 15:39 16
  • «UzAuto Motors» xalqaro moliya bozoriga ilk qimmatli qog‘ozlarini chiqarmoqda 23 apr, 15:11 114
  • Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit «Neksiya»da yuk avtomobiliga urildi 23 apr, 14:44 163
  • «Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida 23 apr, 14:12 271
  • DSQ hisobvaraq-fakturalar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi 23 apr, 13:43 339
  • 24 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 23 apr, 13:13 428
  • Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi 23 apr, 12:40 1 097
  • 1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin 23 apr, 12:12 510
  • O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi 23 apr, 11:30 529
  • Dunyoning eng qimmat shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi 23 apr, 10:46 1 071
  • "Paxtakor"ga qarshi bahs haqida Shukurovning ustozi nimalar dedi? 23 apr, 10:23 664
  • Ruslanbek Davletov: “Amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerak” 23 apr, 09:50 588
  • Bo‘limlar