“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:23
ЎЗO‘Z

Endi tez tibbiy yordam xizmatida aviatsiya texnikasidan ham foydalaniladi

01 yanv, 07:00 10 859 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi tez tibbiy yordam xizmatida aviatsiya texnikasidan ham foydalaniladi Sir emaski, ilgari shoshilinch tibbiy yordamga mo‘ljallangan avtotransportlar hatto 10-12 yillab ishlatilardi. Oqibatda manzilga o‘z vaqtida yetib borish, bemorni tibbiyot muassasasiga yetkazish kabi vazifalarni bajarishda muammolar kuzatilardi, deyiladi O‘zA xabarida.

Bu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida oxirgi ikki yil ichida O‘zbekiston miqyosida 1450 ta yangi avtotransport sog‘liqni saqlash tizimiga ajratildi. 91 ta Nissan, 140 ta Hyundai, shuningdek, gumanitar yordam sifatida esa joylarga 50 ta Toyota yetkazib berildi. 231 ta tez yordam mashinasi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

Tez tibbiy yordam xizmatini dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uch barobarga oshdi. Ya’ni, bugungi kunda har bir chaqiriq uchun minimal xarajatlar 5000 so‘m miqdorida belgilandi. Bu ko‘rsatkich 2016 yilda 748 so‘mni, 2017 yilda 1627 so‘mni tashkil etardi.

Tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi. 2019 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi hamda tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlari tasdiqlandi. Tez tibbiy yordam xizmatini aviatsiya texnikasi bilan jihozlash ham ko‘zda tutilgan. Ular amalga oshirila boshlangach sohada xizmat ko‘rsatish yangi bosqichga ko‘tariladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 178
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 62
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 198
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 152
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 321
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar