“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2021, 15:15
ЎЗO‘Z

O‘zbek klublari tarixidan – «Nasaf»

01 yanv, 07:20 3 838 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek klublari tarixidan – «Nasaf» Qarshining “Nasaf” klubi nafaqat yurtimizda, balki qit’amizda ham o‘z obro‘-e’tiboriga ega jamoalardan sanaladi.
“Nasaf” futbol klubi 1986 yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. 1997 yildan buyon O‘zbekiston Oliy ligasining doimiy qatnashchisi.
O‘sha mavsumda “Nasaf” oltinchi o‘rinni egallagan. 2000 yilda esa jamoa ilk marta bronza medaliga ega chiqdi. Shundan so‘ng yana 9 marta O‘zbekiston chempionati finishiga jamoa 3-bo‘lib keldi.

“Nasaf” jamoasi qit’amiz miqiyosida xalqaro maydonda g‘alabaga erishgan yagona o‘zbek klubi bo‘lib turibdi. 2011 yil jamoa tarixidagi eng esda qolarli mavsum sifatida yodda qoladigan bo‘ldi. Mavsum avvalida tarkibga bir qator tajribali va iqtidorli futbolchilarni jalb etgan qarshiliklar bir yo‘la uchta musobaqa – Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi, O‘zbekiston chempionati va kubogi bellashuvlarida muvaffaqiyatli qatnashishdi. Ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko qo‘l ostida qarshilik futbolchilar 2011 yili Osiyo Futbol Konfederatsiyasi kubogini qo‘lga kiritishdi.

Ortda qolgan mavsumda “Nasaf” klubi Superligada 7-pog‘onani band etdi.

“Nasaf” jamoasi erishgan natijalari:
OFK Kubogi sohibi (2011)
2 karra O‘zbekiston chempioni vitse-chempioni (2011, 2017)
10 karra O‘zbekiston chempionati bronza medali sohibi (2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013-2016)
O‘zbekiston Kubogi sohibi (2015)
O‘zbekiston Superkubogi sohibi (2016)
Osiyo Chempionlar Kubogi yarim finalchisi (2001/02)
2 karra OFK “Fair play” sovrini sohibi (2002, 2011)

Jamoada to‘p surgan mashhur futbolchilar: Ro‘ziqul Berdiyev; Botir Qorayev; No‘’mon Xasanov; Aleksandr Xvostunov; Vladimir Shishelov; Shuhrat Mamajonov; Kaxa Gogoladze; Artur Gevorkyan; Sergey Krot; Dmitriy Kozachenko; Andrey Pereplyotkin; Ivan Boshkovich; Boyan Malishich; Aleksandr Petrovich.

Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar: Viktor Borisov; Viktor Makarov; Bahrom Hakimov; Vladimir Fomichyov; Viktor Kumikov; Anatoliy Demyanenko; Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: www.pfl.uz



Mavzuga oid yangiliklar
  • “Nasaf”ning sobiq ustozi Slovakiya klubini boshqaradi 07 yanv, 09:20
  • O‘zbekiston klublari yana OFK Kubogida ishtirok etishi mumkin 19 noya, 16:14
  • “Qizilqum”ga qarshi oʻyin Berdiyev uchun “Nasaf” boshqaruvidagi soʻnggi imkoniyat boʻlishi mumkin 02 okt, 12:08
  • “Nasaf” Tojikiston terma jamoasi futbolchisini sotib oldi 16 yanv, 20:09
  • Ro‘ziqul Berdiyev Prezident farmoniga ko‘ra davlat mukofoti bilan taqdirlandi 25 avg, 21:47
  • “Nasaf” 2010 yildan buyon ilk marta “Bunyodkor”dan ochko ololmadi 19 avg, 00:55
  • So'nggi yangiliklar
  • "Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan 04 dek, 14:55 0
  • Fakt! Cheran maydonga tushmagan o‘yinlarda "Paxtakor" g‘alaba qozonmagan 04 dek, 14:33 2
  • “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti! 04 dek, 14:04 3
  • O‘zbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda 04 dek, 13:37 53
  • Belarus tez orada G‘arbga qarshi javob sanksiyalari e’lon qiladi 04 dek, 13:07 99
  • Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali 04 dek, 12:30 146
  • Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli 04 dek, 12:00 168
  • Saakashvili davlat pulini o‘zlashtirganlik bo‘yicha sud qilinmoqda 04 dek, 11:27 197
  • 5 dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi 04 dek, 10:57 224
  • «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi 04 dek, 10:30 189
  • Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi 04 dek, 10:15 355
  • Rossiyada shaxsiy avtomobillardan foydalanishda cheklov o‘rnatiladi 04 dek, 10:11 270
  • Bo‘limlar