“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:59
ЎЗO‘Z

Bog‘chaga bormaydigan bolalarga majburiy boshlang‘ich ta’lim beriladi

11 dek, 23:17 5 816 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bog‘chaga bormaydigan bolalarga majburiy boshlang‘ich ta’lim beriladi Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2018–2019 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahrida bolalarni majburiy ta’limga bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshiriladi.

Mazkur tajriba loyihasini amalga oshirishda Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari belgilab berildi.

Shuningdek, qaror bilan bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik bepul tayyorlash tajriba guruhlarini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomtasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, tajriba guruhlari maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.

Tajriba guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun alohida xonalar ajratiladi va ulardan faqat maqsadli foydalaniladi, zarur bo‘lsa ularga alohida eshikdan kirish tashkil etiladi.

Tajriba guruhlarida joriy yilning 1 sentyabr kunida 5 yoshu 6 oylik bo‘lgan, maktabgacha ta’lim muassasasiga bormayotgan bolalar qabul qilinadi.

Shuningdek, nizomga ko‘ra ta’lim-tarbiya jarayoni bolalarning ovqatlanishini tashkil etish shartisiz bir haftada kamida 15 soat (bir kunda 3-4 soat) o‘qitishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun davlat o‘quv dasturi asosida tashkil etiladi.

Bitta guruhda bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.

Majburiy tayyorlov guruhlari uchun 2018–2019 o‘quv yili 2018 yil 10 dekabrdanboshlanadi va 2019 yil 10 avgustda tamomlanadi.

Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga tegishli davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.

Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladigan hududlar ro‘yxati quyida keltirilgan:

*) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi guruhlar soniga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar