“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 07:27
ЎЗO‘Z

Chilonzor tumani hokimining uyini tunab ketishdi

11 dek, 21:37 4 599 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chilonzor tumani hokimining uyini tunab ketishdi O‘tgan haftada Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovning xonadoniga o‘g‘ri tushgan.

Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, voqea 5 dekabr kuni sodir bo‘lgan, o‘g‘rilar uydan katta miqdordagi mablag‘larni olib chiqib ketishgan.

Bosh prokuraturatura matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIB FMB tomonidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni vaqtga kelib, o‘g‘rilikda gumonlangan 3 kishi qo‘lga olingan.

«Tergov-tezkor tadbirlar natijasida 07.12.2018 yil M.M., Q.G. va G.R. ushlanib, o‘tkazilgan tintuv tergov harakatlari davomida M.M.ning xonadonidan o‘g‘irlangan ashyolar olingan.

M.M., Q.G. va G.R. 09.12.2018 yil jinoyat ishi yuzasidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi chorasi qo‘llangan», deyiladi prokuratura xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, jabrlanuvchi Chilonzor tumani hokimining turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Prokuratura o‘g‘irlangan pullar miqdoriga aniqlik kiritmagan.

Ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Sarvar Maxametov shu yilning oktyabridan buyon Chilonzor tumani hokimi hisoblanadi. U 2010-2016 yillarda Bektemir tumani hokimi, 2016-2018 yillarda Yakkasaroy tumani hokimi sifatida ham ishlagan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Chilonzordagi “fohishaxona” fosh etildi 25 noya, 11:07
  • Chilonzor tumanidagi fohishaxona fosh etildi 18 noya, 16:08
  • Eh, yana fohishaxona… 25 iyul, 12:03
  • Chilonzor tumanida navbatdagi fohishaxona aniqlandi 16 iyun, 16:26
  • Yana fohishaxona… O‘z uyini fahshga botirayotganlar 06 iyun, 14:34
  • Chilonzor tumanida fohishaxona faoliyati fosh etildi 26 мая, 19:04
  • So'nggi yangiliklar
  • "Paxtakor" futbolchisi OCHLda porlashi kutilayotgan iste’dodlar qatorida e’tirof etildi 15 apr, 00:00 672
  • Islom Karimovning nevarasi rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi (video) 14 apr, 23:35 2 668
  • Mirjalol Qosimov "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi 14 apr, 23:09 1 231
  • Piter Xyuistra: "Xatolardan xulosa chiqaramiz" 14 apr, 22:59 1 151
  • Bayden va Putin Ukraina bo‘yicha gaplashishdi 14 apr, 22:37 1 712
  • "Paxtakor" nohaq penalti tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi 14 apr, 22:09 1 928
  • “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o‘qishga taklif etadi 14 apr, 21:44 1 381
  • O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 14 apr, 21:12 367
  • Poytaxtimiz O‘zbekiston poytaxtiga o‘xshasin-da! 14 apr, 20:44 2 001
  • Yo‘lda qush fojiaga sabab bo‘ldi 14 apr, 20:18 1 590
  • Shifokorlar koronavirusda o‘lim xavfini uch baravar oshiradigan omilni aniqlashdi 14 apr, 19:50 1 885
  • Samarqandda ofitsiant xo‘randadan qasos oldi 14 apr, 19:23 2 239
  • Bo‘limlar