“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 06:51
ЎЗO‘Z

Prezident avtomobil yo‘llari bo‘yicha yangi qarorni imzoladi

30 noya, 09:50 6 836 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident avtomobil yo‘llari bo‘yicha yangi qarorni imzoladi Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, qaror bilan avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, endilikda yo‘l qurilishini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari jalb etiladi. Xususan, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mita 2018 yil 30 dekabrgacha Germaniya tajribasini o‘rgangan holda xorijiy konsultant ishtirokini ta’minlaydi.

Ushbu Rivojlantirish strategiyasi avtomobil yo‘llari sohasiga zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish, 2020-2040 yillarda yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

Hukumat avtomobil yo‘llari sohasida zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish, avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarini loyihalashda nemis kompaniyalari – “OBERMEYER Panen+Beraten GmbH”, “Lahmeyer Internetional GmbH”, “Lomb Ingenieurgesellschaft mbH”, “INROS LACKNER SE” va boshqalar bilan hamkorlik o‘rnatish uchun ishchi guruh tashkil etadi.

Qaror bilan Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga 2019 yil 10 fevralgacha avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazini tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Moliya vazirligi avtomobil yo‘llari sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘radi.

2019 yildan boshlab yo‘l xo‘jaligida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olishni ko‘zda tutadigan tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek, qaror bilan 2018-2019 yillarda yo‘l qurilishi sohasida ilg‘or xorijiy uslublarni joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo‘l xaritasi” doirasida 2019 yilda O‘zbekistonning Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasiga (FIDIC) kirishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 0
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 28
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 100
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 55
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 235
  • So'nggi yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 65
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 155
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Bo‘limlar