“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:37
ЎЗO‘Z

Do‘lananing 7 foydasi

24 noya, 06:00 24 428 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Do‘lananing 7 foydasi Zamon tabobatida ham do‘lananing mevasi, bargi, shoxlari va gulidan foydalanib kelinmoqda. U yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish va davolashda hamda asabni tinchlantiruvchi, qon bosimini pasaytiruvchi dori sifatida ishlatiladi.

Bo‘g‘imlar uchun: Do‘lana ekstrakti artrit va podagra kasalliklarida foydalidir. U bo‘g‘imlarni jarohatlardan ximoya qilishga va og‘riqsiz harakatlanishiga yordam beruvchi oqsil va kollagenni organizmda ushlab turadi. Do‘lanani iste’mol qilish ushbu kasalliklarni davolash va oldini olishda asqatadi.

Yurak-qon tomirlari uchun: Uning ekstrakti tufayli yurak yetishmovchiligini, ko‘krakdagi og‘riqlarni, aritmiyani yengish, qon bosimini tushirish, aterosklerozdan xalos bo‘lish va xolesterin miqdorini kamaytirish mumkin. Do‘lana qon tomirlarini kengaytirib, qon aylanishini ham yaxshilaydi.

Asab tizimi uchun: Do‘lana tarkibidagi fermentlar organizmdagi gormonlarga ham ta’sir qiladi. Bu esa depressiya, surunkali charchoq va asabiylashish asoratlarini yengishga yordam beradi.

Do‘lana ekstraktini qabul qilish xavotirni yo‘qotadi. Shu sababli, u ko‘p yillar davomida tabiiy tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llanilgan. U uyqusizlik va asabiylashishdan xalos etib, organizm faoliyatini yaxshilaydi.

Oshqozon ichak yo‘llari uchun: Do‘lana tarkibidagi organik birikmalar va kletchatkalar ichak mikroflorasi bilan birga aloqaga kirishadi va uning faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, do‘lana ovqat xazm bo‘lishiga va yegulikni oshqozonda maydalanishiga yordam beradi. Metabolizmni oshiradi, ichni yumshatadi, spazm, qorin dam bo‘lishini yo‘qotadi. Ichak infeksiyalari bilan ham kurashadi. Do‘lana yordamida soliter va tasmasimon parazitdan halos bo‘lish mumkin.

Buyrak va siydik yo‘llari uchun: Do‘lana diuretik vositalar qatoriga kiradiva organizmdagi ortiqcha suyuqlikdan xalos bo‘lishga ko‘maklashadi. U buyrak faoliyatini faollashtiradi va peshobdagi tuzlarni ajralib chiqishini kuchaytiradi. Buyrak kasalliklarini davolashda va siydik qopining faoliyatini yaxshilashda as qotadi.

Teri qatlami uchun: uning tarkibida antioksidantlar mavjudligi uchun yara, ekzema, psoriaz, kuygan jarohatlarni davolashda qo‘llaniladi. Yallig‘lanish va qichishishni yo‘qotib, jarohatlarni tez bitishiga yordam beradi.Keksalarda uchrovchi yoshga oid dog‘larni va ajinlarni paydo bo‘lishini oldini oladi.

Immunitet uchun: do‘lana organizmdagi toksinlarni chiqarib yuboradi. Tarkibidagi S vitamini leykotsitlar ni faollashtiradi va immun tizimini yaxshilaydi.

Mevaning nojo‘ya ta’siri ham mavjud bo‘lib, quyidagi hollarda do‘lanani iste’mol qilib bo‘lmaydi.

- Yurak kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan dorilar bilan birga qo‘llash.
- Jarrohlik amaliyotidan oldin va keyin.
- Do‘lanani och qoringa iste’mol qilish mumkin emas. Chunki, u ichakni spazm qilib qayt qildiradi.
- Bu mevani yegandan keyin ustidan sovuq suv ichish ham zararli, aks holda u me’da-ichak sanchig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.
- Uni ortiqcha iste’mol qilish buyrakka zarar bo‘lib, me’da-ichakni zaiflashtirib, qulanj (kolit) xastaligi, ko‘ngil aynishi, qayt qilishni paydo qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 174
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 58
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 197
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 152
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 321
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 126
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar