“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:32
ЎЗO‘Z

Hindistonlik yigitga kobra ilon bilan birga suratga tushish juda qimmatga tushdi

16 noya, 19:56 5 033 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hindistonlik yigitga kobra ilon bilan birga suratga tushish juda qimmatga tushdi Fojia Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida sodir bo‘ldi. 24 yoshli J Jagadish ismli yigit 50 yoshli morboz Gurunadxmam Ramishning xonadoniga kirgandi. U kobra iloni bilan mashg‘ulot o‘tkazish asnosida bu manzarani videoga ham tushirayotgan ekan. Yigit morbozdan kobra bilan birga suratga tushishga izn berishini so‘radi. Morboz rozi bo‘ldi.

Jagadish kobrani yelkasiga qo‘yib, boshini mahkam ushlab turgandi. Suratga olindi. Biroq shu orada ilon Jagadishning qo‘lini tishlashga ulgurdi. Yigit o‘zini yomon his qilib hushidan ketdi. Morboz va uning uyidagilar zudlik bilan «Tez yordam» chaqirishdi. Baxtga qarshi Jagadish kasalxonada vafot etdi. Qancha harakat qilishmasin, vrachlar uning hayotini saqlab qola olishmadi. Morboz esa azbaroyi qo‘rqib ketganidan uyidan qochib ketdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir necha kun oldin u kobraning tishlaridagi zaharni to‘liq sug‘urib olgan ekan. Lekin ilon yana zahar to‘plabdi. Bundan tashqari, morboz hammaga agar ilon chaqsa, unda zaharga qarshi dori borligini ham aytib maqtangandi. Ammo u Jagadishga o‘sha dorini ham bermadi.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Morboz Gurunadxmam Ramish qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 1
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar