“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 06:57
ЎЗO‘Z

“Real” yaqin soatlarda Lopetegini isteʼfoga chiqaradi

21 okt, 23:57 2 384 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Real” yaqin soatlarda Lopetegini isteʼfoga chiqaradi “Real” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi oʻz lavozimini tark etish arafasida.

Marca maʼlumotiga koʻra, ispaniyalik mutaxassis bugunning oʻzida isteʼfoga chiqarilishi mumkin.

Bundan avvalroq “Real” murabbiyni YECHL guruh bosqichi doirasida “Viktoriya” Plzen jamoasiga qarshi oʻyingacha isteʼfoga chiqarmasligi haqida xabar tarqalgandi, ammo jamoani keyingi oʻyingayoq boshqa murabbiy boshlab borishi oydinlashmoqda.

Hozirda bu oʻringa “Real”ning sobiq futbolchilaridan biri, “Kastilya” murabbiyi boʻlib turgan Santyago Solari koʻrilmoqda. Uni Antonio Konte va Loran Blandan munosibroq nomzod sifatida koʻrishmoqda.

As maʼlumotiga koʻra, “Real” prezidenti Florentino Peres jamoaning yana bir sobiq futbolchisi Guti nomzodini ham eʼtiborga olib qoʻygan. U Guti Zinedin Zidanning muvaffaqiyatlarini takrorlay olishiga ishonch bildirmoqda.

Guti bungacha “Real” U-19 jamoasi bilan ishlagan, hozirda “Beshiktosh” murabbiylar shtabida Shenol Guneshga yordamchilik qiladi.

As maʼlumotiga koʻra, Solari ham yaxshi nomzod, ammo “Real” u “Kastilya” bilan Segunda B ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani uchun, unga tegmaslikni maʼqul koʻrmoqda.

Shu bilan birga, “Real” bosh murabbiyi lavozimini keyinroq hozirda “Tottenhem”ni boshqarayotgan Maurisio Pochettino egallashi mumkin. Madrid klubi shu yil yozida ham ushbu argentinalik mutaxassisni jamoaga jalb etishga harakat qilgandi.

Maʼlumot uchun, Ispaniya chempionatining 9-turida “Real” oʻz maydonida “Levante”ga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi va gʻalabasiz seriyasini 5 oʻyinga yetkazdi. Bungacha Xulen Lopetegi jamoasi “Sevilya” (0:3), “Atletiko” (0:0), SSKA (0:1) va “Alaves” (0:1) klublariga qarshi oʻyinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «Real» Zidanning o‘rniga 3 nafar murabbiyni ko‘rib chiqmoqda 19 fev, 11:20
  • «Real» bosh murabbiylikka nomzod qidirmoqda. Asosiy da’vogar ma’lum 08 fev, 22:00
  • «Real» Zidanni iste’foga chiqarishi mumkin 28 fev, 14:32
  • Guti: Neymar Messi bilan bir jamoada o‘ynayversa, «Oltin to‘p»siz qolaveradi 15 yanv, 00:18
  • Anchelottining iste’fosi sabab Krishtianu Ronaldu «Real»ni tark etishga tayyor 29 мая, 15:45
  • «Real» klubi direktorlar kengashi Klopp, Benites va Michel nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda 26 мая, 14:56
  • So'nggi yangiliklar
  • "Paxtakor" futbolchisi OCHLda porlashi kutilayotgan iste’dodlar qatorida e’tirof etildi 15 apr, 00:00 672
  • Islom Karimovning nevarasi rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi (video) 14 apr, 23:35 2 668
  • Mirjalol Qosimov "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi 14 apr, 23:09 1 231
  • Piter Xyuistra: "Xatolardan xulosa chiqaramiz" 14 apr, 22:59 1 151
  • Bayden va Putin Ukraina bo‘yicha gaplashishdi 14 apr, 22:37 1 712
  • "Paxtakor" nohaq penalti tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi 14 apr, 22:09 1 928
  • “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o‘qishga taklif etadi 14 apr, 21:44 1 381
  • O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 14 apr, 21:12 367
  • Poytaxtimiz O‘zbekiston poytaxtiga o‘xshasin-da! 14 apr, 20:44 2 001
  • Yo‘lda qush fojiaga sabab bo‘ldi 14 apr, 20:18 1 590
  • Shifokorlar koronavirusda o‘lim xavfini uch baravar oshiradigan omilni aniqlashdi 14 apr, 19:50 1 885
  • Samarqandda ofitsiant xo‘randadan qasos oldi 14 apr, 19:23 2 239
  • Bo‘limlar