“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 00:27
ЎЗO‘Z

Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam xizmati takomillashtiriladi

20 okt, 07:07 6 641 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam xizmati takomillashtiriladi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorda sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, tez tibbiy yordam koʻrsatish sohasida qoʻyilgan vazifalarni toʻliq bajarishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi qayd etilgan.

«Jumladan, respublikada tez tibbiy yordam xizmatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish yuzasidan qabul qilingan bir nechta qarorlarning natijalari bugungi kunga qadar sezilmayapti. Tez tibbiy yordam chaqiruvlarini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish eskicha, qoʻl mexanizmlari yordamida bajarilmoqda.

Tez tibbiy yordam koʻrsatish vaqtida bemorlarning kasalxonaga yetib borgunga qadar vafot etishi koʻpayib bormoqda. Toshkent, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida esa oʻlim soni ikki baravardan toʻrt baravargacha oshgan.

Murojaatlarni saralashning amaldagi tartibi mavjud kuch va vositalarni eng muhim chaqiruvlarga xizmat koʻrsatish uchun yoʻnaltirish imkonini bermaydi, natijada yolgʻon chaqiruvlar soni oshmoqda yoki surunkali kasalliklari avj olgan, biroq hayoti xavf ostida boʻlmagan bemorlarga xizmat koʻrsatilmoqda.

Ajratilayotgan byudjet mablagʻlari sifatli tez tibbiy yordam koʻrsatish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash imkonini bermayapti», — deyiladi qarorda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan 8 ta mahsulot 17 мая, 14:28 111
  • Quloq shang‘illashi yurak-qon tomir kasalliklari alomati bo‘lishi mumkin 16 мая, 20:08 95
  • D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari 16 мая, 10:12 125
  • Organizmda magniy mikroelementi tanqisligining 5 ta belgisi 15 мая, 23:34 141
  • Nima uchun ko‘ngil aynib, bosh aylanadi? 14 мая, 17:58 96
  • Yeydigan ovqatlarimiz, issiq choy saratonga sabab bo‘ladimi? 14 мая, 15:43 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 4
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 2
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 28
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 32
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 16
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 246
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 72
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 83
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 80
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 106
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 269
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 150
  • Bo‘limlar