“Bravo” jamoasi vakillaridan Umid Umarov hamda Shahlo Zoirova konsert taassurotlari bilan oʻrtoqlashishdi. Jamoa vakillari jurnalistga bergan intervyusida konsertning birinchi kuni juda ogʻir boʻlgani, shunga qaramay sinovdan muvafaqqiyatli oʻtganliklarini taʼkidlashdi.
“Bravo” jamoasi ularni toʻgʻri tushunib, qoʻllab-quvvatlagan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildirishdi.