Inson xatti-harakatlarining 70 foizi his-tuygʻularga asoslangan boʻlishini bilasizmi? Ishsizlik, YAIM koʻrsatkichlarini baholash sogʻlom jamiyatning baʼzi jihatlarini aniqlashga yordam bersa, mamlakat aholisining emotsional holatiga doir maʼlumotlar deyarli yoʻq. Gallup aholining ijobiy va salbiy his-tuygʻulariga koʻra, mamlakatlarning baxtlilik reytingini
taqdim etdi.
Gallup Global Emotions reytingiga koʻra, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston aholisi dunyoning eng kam salbiy hissiyotlarni boshdan kechiruvchi, yaʼni eng baxtli mamlakatlari top-20 roʻyxatidan oʻrin oldi.
Salbiy hissiyotlarning kamligi boʻyicha birinchi oʻrinda Qirgʻiziston va Tayvan kelgan. Ikkinchi oʻrinda - Qozogʻiston, uchinchi - Estoniya, toʻrtinchi pogʻonada - Oʻzbekiston va Ozarboyjon.
Ulardan keyingi oʻrinlarda Rossiya, Polsha, Moʻgʻuliston, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Niderlandiya, Mavrikiya, Bolgariya va Belarus nomlari qayd etilgan.
Taʼkidlash joizki, tadqiqot jahonning 142 mamlakati aholisi oʻrtasida oʻtkazilgan.