“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:07
ЎЗO‘Z

Tuxum sogʻliq uchun foydalimi?

13 sen, 08:03 5 361 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tuxum sogʻliq uchun foydalimi? Uzoq vaqt mobaynida tuxumga qondagi xolesterinning asosiy manbalaridan biri sifatida qaraldi. Maʼlumki, uning yuqori miqdori xavfli yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi. Biroq yangi tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, oziq-ovqat mahsulotlari bilan organizmga kelib tushadigan xolesterin miqdori yuqori emas. U qondagi xolesterin miqdoriga katta taʼsir koʻrsatmaydi.

Uzoq vaqt mobaynida tuxum parhezshunos va shifokorlar orasidagi salbiy mavqeini saqlab keldi. Koʻpchilik tuxumni haqiqiy “xolesterin bombasi” deb atadi. Biroq yangi tadqiqotlar bu mahsulotga avvalgi mashhurlik va obroʻni qaytarishga muvaffaq boʻldi. Bundan tashqari, yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, agar chaqaloqlar bir yarim yoshidan boshlab kuniga hech boʻlmaganda bitta tuxum isteʼmol qilmasa, ularga kamqonlik xavf soladi va rivojlanishdan orqada qolish xavfi kuchayadi.

Hayotingizni omlet, qandolat mahsulotlari va blinchiklarsiz tasavvur eta olasizmi? Boshqacha qilib aytganda, ratsioningiz tuxumsiz toʻliq boʻladimi? Mazkur asosiy mahsulot har bir uyda bor. Bu ham tasodif emas. Kundalik hayotda taom tayyorlashda tuxum oʻrnini boshqa mahsulotga almashtirish qiyin.

Tuxum – oqsilning muhim manbai. U organizmga barcha hayotiy muhim aminokislotalarni yetkazadi. Tuxumda temir, kalsiy va B12 vitamini koʻp. Oqsil va temirning moʻlligi sabab mahsulot aholining sportchi, jismoniy ish bilan shugʻullanadiganlar, buyrak kasalligiga chalingan bemorlar kabi kategoriyasi uchun ayniqsa foydali.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tuxumni chaqaloqlar ratsioniga kiritishni tavsiya qiladi. Bu esa ilk yoshda tez-tez uchraydigan kamqonlik ehtimolining oldini olishda yordam beradi.

Umuman olganda tuxumga uning avvalgi ijobiy nomini qaytarish vaqti keldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 215
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 121
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 223
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 352
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 170
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar