“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 22:16
ЎЗO‘Z

Yevropada Chempionlar ligasi va Yevropa ligasidan boshqa yana bir yevrokubok joriy etiladi

12 sen, 08:02 3 961 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yevropada Chempionlar ligasi va Yevropa ligasidan boshqa yana bir yevrokubok joriy etiladi 2021/22 yilgi mavsumdan Yevropada Chempionlar ligasi va Yevropa ligasidan keyingi oʻrinda turuvchi uchinchi yevrokubok oʻtkazila boshlanadi. Bu haqda Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) prezidenti Andrea Anyelli Splitda oʻtkazilgan uchrashuv chogʻida maʼlum qilgan.

Uning aytishicha, UYEFA klublar oʻrtasidagi uchinchi yevrokubok musobaqasi uchun ruxsat bergan.

“UYEFAning ruxsatini kutayotgan edik. Mana endi uchinchi musobaqani yaratish yoʻlida «yashil chiroq” yondi. Bu turnir 2021/22 yillar mavsumidan eʼtiboran 96 klub bilan start oladi», - deya Anyellining soʻzlarini keltirib oʻtdi Football Italia.

Yevropa kubogi deb nomlanuvchi yangi musobaqa formati hozircha nomaʼlum, biroq u 90-yillarga qadar oʻtkazib kelingan Kubok egalari kubogi bilan oʻxshash boʻlishi taxmin qilinmoqda. Kubok egalari kubogi 1960-1999 yillar oraligʻida oʻtkazilgan boʻlib, unda UYEFAga aʼzo mamlakatlar kubogini qoʻlga kiritgan klublar ishtirok etgan.

Ayni vaqtda Yevropada ikkita yirik xalqaro turnir bor. Chempionlar ligasi guruh bosqichida 32, Yevropa Ligasi guruh bosqichida esa 48 jamoa ishtirok etadi.

Avvalroq Yevropa kubogining yoʻlga qoʻyilishi bilan Yevropa ligasining guruh bosqichi ishtirokchilari soni 48tadan 32 taga qisqarishi maʼlum qilingan. Shuningdek, ushbu turnirning muxlislar hamda reklama beruvchilar uchun jozibasi oshirilishi koʻzda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 66
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 182
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 477
  • So'nggi yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 25
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 56
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 34
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 55
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 55
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 44
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 53
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 141
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 74
  • Bo‘limlar