“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2021, 17:26
ЎЗO‘Z

Sogʻliqqa ziyon yetkazmasdan vazn toʻplash mumkinmi?

07 sen, 10:26 4 080 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sogʻliqqa ziyon yetkazmasdan vazn toʻplash mumkinmi? Koʻpchilik ayollar uchun ozish asosiy muammoga aylangan. Biroq shunday vaziyatlar ham uchraydiki, organizmingizning oʻziga xos jihatlari tufayli vazn toʻplay olmaysiz. Aslida vazn tashlashdan koʻra uni toʻplash qiyinroq kechadi. Biroq quyida eʼtiboringizga havola etilgan koʻnikmalarni egallab, qisqa muddatda vazn toʻplashingiz mumkin.

1-qoida: Kaloriyalarni hisoblang

Koʻpchilik qizlarga koʻp ovqat yesa ham semirmayotgandek tuyuladi. Aslida esa bunday boʻlmaydi. Kaloriyalarni qatʼiy hisoblab borish bilan qancha isteʼmol qilayotganingizni bilib olishingiz mumkin.

Agar kaloriya yetarli emasligi aniqlansa (oʻrtacha boʻy uchun 2000 kaloriyadan kamroq), shunchaki koʻproq yeyish kerak. Aynan nimalarni isteʼmol qilish kerak?

2-qoida: Super-mahsulotlarni tanlang

Koʻpchilik shirin va kaloriyasi yuqori mahsulotlarni isteʼmol qilishni oʻziga ruxsat bera olmasa, siz bu masalada erkinsiz. Menyu yuqori kaloriyali mahsulotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Biroq bu kartoshka fri va biskvit tortga ruju qoʻyishni anglatmaydi.

Yogʻli goʻsht, tuxum va sutli mahsulotlar ham xolesterin manbasi ekanligini unutmang. Ortiqcha xolesterin esa yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga olib keladi. Ortiqcha shakar esa teri holati, tishlar va sogʻlik uchun salbiy taʼsir qiladi.

Xoʻsh unda qanday yoʻl tutish lozim?

Bir vaqtning oʻzida ham kaloriyali ham foydali super-mahsulotlarni isteʼmol qiling. Bu — yongʻoq, pista, baliqning yogʻli turlari, avokado; shuningdek, asal, xurmo, banan, kunjut va yongʻoqli konfetlar ham foydali sanaladi.

Agar kaloriya yetarli boʻlsa ham vazn toʻplay olmayotgan boʻlsangiz, demak sizda moddalar almashinuvi juda tez amalga oshadi. Bunday holatda qancha yesangiz ham vazn toʻplay olmaysiz. Bunda boshqa usullar ish beradi.

3-qoida: Mashqlar yordamida press mushaklarni rivojlantirish

Press mushaklarni rivojlantirishga mashqlar va oqsilga boy ratsion yordam beradi. Mashgʻulotlardan soʻng vaznning har bir kilogrami uchun 0,5 gramm oqsil va 0,5 gramm uglevod isteʼmol qilish kerak boʻladi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun suvni qanday ichish kerak? 04 noya, 18:25
  • Sog‘lom bo‘lish uchun qancha shokolad iste’mol qilish zarurligi aytildi 11 iyul, 23:30
  • Ozishning beshta oltin qoidasi 13 iyun, 13:02
  • Ovqatlanishdagi 5 ta asosiy xato sababli vazn tashlamayapsiz 21 мая, 20:24
  • Kun davomida necha mahal ovqatlanish kerak? 30 yanv, 09:16
  • ​«Ozsam, terim osilib qoladimi?» 26 apr, 13:03
  • So'nggi yangiliklar
  • “Jenoa” mag‘lubiyatida eng past baho olgan Shomurodov aybdormi? 01 mar, 17:00 0
  • «O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi 01 mar, 16:30 1
  • OFK Kubogi «F» guruhi: OKMK yoki «Nasaf» guruh o‘yinlarini Dushanbeda o‘tkazadi 01 mar, 15:56 23
  • Rossiyaga kirishga taqiq nima uchun qo‘yiladi? 01 mar, 15:30 143
  • 1 martdan tadbirkorlar yo‘llarga kamera va radarlar o‘rnatish huquqiga ega bo‘ladi 01 mar, 14:50 134
  • Iroqda aql bovar qilmas mudhish jinoyat avj olmoqda. Asosiy sabablar ma’lum... 01 mar, 14:14 757
  • «Zakovat» klubining ilk kastingi: «Bay, bay, bay! Qani edi bu o‘zbek o‘g‘lonlari... » 01 mar, 13:40 291
  • Olimlar o‘lim xavfi ehtimolligini 25 foizga qisqartirishga qodir mahsulot nomini ma’lum qildi 01 mar, 13:00 421
  • 1 martdan nimalar o‘zgardi? 01 mar, 12:30 570
  • Superliga. 2021 yilgi mavsum dastlabki tur o‘yinlarining boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi 01 mar, 12:04 194
  • 2 mart kuni yurtimizda havo harorati 18 darajagacha ko‘tariladi 01 mar, 11:36 304
  • «Narxoz»ga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi 01 mar, 11:11 254
  • Bo‘limlar