“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 05:32
ЎЗO‘Z

Umid Ahmadjonov Italiya futbol federatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashdi (foto)

19 iyul, 23:30 2 829 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Umid Ahmadjonov Italiya futbol federatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashdi (foto) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tashabbusi bilan Italiya futbol assotsiatsiyasi bilan ham hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti.

Kelishuvga asosan, Italiya murabbiylari assotsiatsiyasi prezidenti va Italiya futbol federatsiyasi murabbiylar maktabi rahbari Renso Ulivyeri hamda Italiya futbol federatsiyasining Yoshlar sektori texnik koordinatori, “Atalanta” klubi akademiyasi mutaxassisi Stefano Bonakkorsolar Toshkentga tashrif buyurib, yurtimizdagi murabbiylar uchun seminar o‘tkazishmoqda.

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘FA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Renso Ulivyeri va Stefano Bonakkorsolar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Italiya futbol federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yurtimizdagi mutaxassislar, jumladan, futbol murabbiylarining malakasini oshirishda Italiya futboli tajribasidan unumli foydalanish, ish o‘rganish maqsadida murabbiylarimizni Italiyaga yuborish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, italiyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilayotgan seminarlar davomida murabbiylarga mashg‘ulot o‘tkazish tartibi, uchrashuvlarga taktik va jismoniy tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilinadi. Seminarlarning so‘nggi kuniga seleksionerlar ham jalb qilinadi. Kunning dastlabki qismida nazariy mashg‘ulotlar o‘tilsa, kunning ikkinchi qismida amaliy mashg‘ulotlarga navbat beriladi.




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «Paxtakor» rahbariyatida o‘zgarish bo‘lgani tasdiqlandi 26 apr, 14:22
  • “Surxon” futbol jamoasi qayta tashkil etildi 10 fev, 19:47
  • Sergey Bubka O‘zbekistonga tashrif buyurdi 10 okt, 13:20
  • FIFA ijro qo‘mitasi Indoniziya futbolining FIFAga a’zolik huquqini olib qo‘ydi 30 мая, 16:43
  • Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi bosh qarorgohi Toshkentda bo‘ladi! 18 fev, 19:33
  • Italiya “A” seriyasidagi jamoalar soni qisqarishi mumkin 27 dek, 19:57
  • So'nggi yangiliklar
  • Lavrov aralash nikohdan tug‘ilgan bolalarga avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini berishni taklif qildi 16 okt, 00:17 152
  • Renault avtokonserni O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish va sotishni boshlaydi 15 okt, 23:58 161
  • Toliblar Afg‘onistonda yangi Oliy sud tuzilganini e’lon qildi 15 okt, 23:33 203
  • Shavkat Mirziyoyev SHHT davlat rahbarlari bilan muloqot qildi 15 okt, 23:03 187
  • Haydovchilardan bir qator hujjatlarni talab qilish bekor bo‘lmoqda 15 okt, 22:38 292
  • Artyom Petrosyan: "Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik" 15 okt, 22:36 287
  • Masharipov OCHL bahsi oldidan intervyu berdi 15 okt, 22:15 321
  • Ishsiz aliment to‘lovchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi 15 okt, 21:50 238
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugun raqibga nisbatan har tomonlama kuchliroq edik" 15 okt, 21:49 346
  • Bunaqasi bo‘lmagan: BAAda noyob o‘g‘irlik sodir etildi 15 okt, 21:30 523
  • AQSHga kirishdagi barcha cheklovlar olib tashlanmoqda 15 okt, 21:06 306
  • U-23 Osiyo chempionatiga saralash O‘zbekistonda o‘tishi mumkin 15 okt, 21:01 315
  • Bo‘limlar