“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 10:05
ЎЗO‘Z

23 mln so‘mlik tillani ichga yutgan yo‘lovchi ushlandi

19 iyul, 08:30 4 702 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
23 mln so‘mlik tillani ichga yutgan yo‘lovchi ushlandi Foto: bojxona.uz
Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari Hindistonga otlangan yo‘lovchilarni bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.

Aeroportdagi «yashil» yo‘lakdan foydalangan holda yurtimizdan chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro M.M.ning shubhali xatti-harakatlarini bojxonachilar o‘z vaqtida payqab qolishdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik va tibbiy muolajalar natijasida ushbu shaxs umumiy narxi 23 million so‘mlik, 100 gramm tilla quyma bo‘laklarini yutib olganligi va ularni yurtimizdan noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lganligi oshkor bo‘ldi.

Toshkent xalqaro aeroportidagi avtoturargohda go‘yoki mehmonlarni kutib olishga chiqqan fuqaro P.A. esa zargarlik mahsulotlarini yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishning antiqa usulini o‘ylab topdi.

U Turkiyadan qaytgan yo‘lovchilardan oldindan kelishilgan tilla buyumlarini yig‘ib olib, o‘zi boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasida juftakni rostlamoqchi bo‘lganida, bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi.

Og‘irligi 689 grammni tashkil etuvchi, qiymati 151,5 million so‘mlik zargarlik buyumlari esa qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Tilla kamar bilan xorijga chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi 23 yanv, 06:00
  • Salkam 2 kilogramm zargarlik buyumlarining olib kirilishi fosh qilindi 22 okt, 14:50
  • 213 gramm quyma tillalarni og‘ziga solib, xorijga uchmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi 11 okt, 15:05
  • 1 kilogrammdan ortiq zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 09 okt, 19:44
  • Tillalarni yutib uchmoqchi boʻlgan yoʻlovchi toʻxtatib qolindi 26 mar, 19:39
  • Etik va kurtka yoqasiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi 04 mar, 22:30
  • So'nggi yangiliklar
  • “Jenoa” muxlislari Shomurodovdan o‘zbekcha xet-trik talab qilmoqda! 24 yanv, 09:53 16
  • UFC 257: Mahmud Muradov amerikalik raqibini texnik nokautga uchratdi (video) 24 yanv, 09:25 131
  • Ohangaronda «Zil-130» yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi 24 yanv, 09:20 55
  • Yangi-Angren IES boshqaruv kompaniyasi stansiyadagi portlashning sababini ma’lum qildi 24 yanv, 09:00 233
  • Germaniyadagi bu uyda qachonlardir Vladimir Putin oilasi bilan 6 yil yashagan (foto) 24 yanv, 08:20 318
  • Nurmat Otabekov fevral oyida karantin cheklovlari qayta tiklanishiga oid xabarlarga izoh berdi 24 yanv, 07:40 845
  • Qalbaki dollar «o‘tkazgan» ikki shaxs qo‘lga olindi 24 yanv, 07:00 321
  • Koronavirusning «teri» belgilari ma’lum qilindi 24 yanv, 00:20 549
  • AQSH Senatida Trampning impichmenti jarayoni 8 fevral kuni boshlanadi 23 yanv, 23:51 373
  • Aziz G‘aniyev jamoasi Otabek Shukurovning «Sharja»sini mag‘lub etib, BAA Superkubogiga ega chiqdi 23 yanv, 23:20 256
  • Nurgul Yashilchoy shu vaqtgacha og‘iz ochmagan oilasidagi fojiali voqea haqida so‘zlab berdi 23 yanv, 22:53 959
  • Jo Baydenning dastxati nimadan dalolat beradi? 23 yanv, 22:06 470
  • Bo‘limlar