“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:13
ЎЗO‘Z

Uch nafar professional bokschilarimiz ertaga navbatdagi janglarini o‘tkazishadi

14 iyul, 22:55 4 260 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uch nafar professional bokschilarimiz ertaga navbatdagi janglarini o‘tkazishadi Ertaga, 15 iyun kuni tongda bir yo‘la uch nafar professional bokschimiz Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazadilar.

Olimpiya o‘yinlari chempioni Fazliddin G‘oibnazarov mezbon bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tariladi. Taqqoslash uchun Fazliddin shu kungacha prof ringda to‘rtta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (2 tasida nokaut). Uning raqibi esa beshta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini mag‘lub etgan (4 tasida nokaut).

Jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari finalchisi Shahram G‘iyosov meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi jang o‘tkazadi. Shahram prof ringda 2 ta jang o‘tkazib, ularning har ikkisida g‘alaba qozongan (1ta nokaut). Meksikalik bokschi esa 24 ta jang o‘tkazib, ularning 19 tasida g‘alaba qozongan (17 tasi nokaut). 5 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan (2 tasi nokaut).

Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyevga esa argentinalik Luis Fernando Molina raqiblik qiladi. Ahmadaliyev bungacha ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Molina esa 12 ta jang o‘tkazgan. Shu janglarning 7 tasida u raqiblarini mag‘lub etgan (2 tasida nokaut). 4 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bitta jangda durang qayd etgan.

Bugun har uchchala bokschimiz jang oldidan vazn o‘lchash marosimlarida ishtirok etishdi.

Manba: www.olympic.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 73
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 150
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 567
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 160
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar