“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 10:09
ЎЗO‘Z

Koreyada ishlashni istovchilar uchun yangicha imtihonlar joriy etiladi

14 iyul, 18:56 4 892 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koreyada ishlashni istovchilar uchun yangicha imtihonlar joriy etiladi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tashabbusi bilan «Koreyaning bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha koreys tilidan bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovlari» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun topshiriladigan test sinovlari bo‘yicha yuzaga kelayotgan savollar, test sinovlarini o‘tkazish tartibi, nomzod fuqarolar uchun qo‘yiladigan talablar, umuman, bu jarayonlar bilan bog‘liq dolzarb masalalarni tegishli tashkilot va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan birga, atroflicha muhokama qilindi.

Aytilishicha, Respublikamiz fuqarolarini chet ellarda ishga joylashtirish maqsadida Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Latviya Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi, BAA, Ummon Sultonligi, Yaponiya, Polsha va Chexiya kabi bir qator davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan muloqot va muhokamalar olib borilgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida birginaRossiya Federatsiyasining o‘zida 40 dan ortiq, Turkiya, Polsha va Yaponiyaning 10 dan ortiq vakolatli tashkilotlari, yirik ish beruvchi korxonalar va kadrlar agentligi bilan shartnomalar imzolangan.

Xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan tuzilgan Bitim va shartnomalarga asosan 2018 yilning 6 oyi davomida Koreya Respublikasiga 1243 nafar, Rossiya Federatsiyasiga 513 nafar, Turkiyaga 241 nafar va Polshaga dastlabki 5 nafar fuqarolarimiz ishga yuborildi.

Ta’kidlanishicha, endi xorijiy fuqarolarni Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirishda bo‘lib o‘tadigan test sinovlari faqatgina fuqarolarning koreys tilini bilish darajasini aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, uning malakasi, jismoniy holati va tajribasini aniqlashni o‘z ichiga olgan holda o‘tkaziladigan malaka testlaridan ham iborat bo‘ladi.

Malaka testida nomzodningkasb mahorati, jismoniy holati, rang bo‘yicha ko‘rlik (daltonizm) darajalariga alohida e’tibor beriladi.

Bundan tashqari, umurtqa orasi diski churrasi mavjud, barmog‘i amputatsiya qilingan arizachilar balli tizimga asoslangan testda ishtirok eta olmaydilar.

Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining xati va unga ilova qilingan ro‘yxatga asosan, 2018 yil 24-29 mart kunlari, avval Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli bitirib qaytgan fuqarolar uchun onlayn ro‘yxatga olish jarayoni va 2018 yil4-21 may kunlari maxsus test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Unda Koreya tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan ro‘yxatga olingan 1951 nafar fuqaro ishtirok etdi va ulardan 246 nafar fuqaro sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun koreys tilidan navbatdagi test sinovlarida qatnashish istagini bildirgan, 2018 yilning9-15 may kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va bank to‘lovini amalga oshirgan hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan tasdiqlangan fuqarolar uchun 2018 yil 20 iyul-28 avgust kunlari navbatdagi test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Test sinovlari fuqarolarning kelishi belgilangan har bir kunda 4 bosqichda amalga oshiriladi.

Test jarayoni 2 qismdan,o‘qish (20 ta savol) va eshitish (20 ta savol) qismlaridan iborat. Har bir qismning davomiyligi 25 minutdan jami 50 minutni tashkil etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 491
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 445
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 684
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 107
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 117
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • Bo‘limlar