“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:54
ЎЗO‘Z

Miya faoliyatiga ko‘maklashuvchi mahsulotlar (foto)

12 iyul, 14:25 10 662 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Miya faoliyatiga ko‘maklashuvchi mahsulotlar (foto) Taom nafaqat sog‘liq va qomatga, balki miya faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun yog‘li taomlar qisaqa muddatli xotirani susaytiradi. Lekin miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar ham talaygina. Bugun ulardan beshtasini ko‘rib chiqamiz.

1. QAHVA
Qahva ertalabki uyquchanlikni yengib, tetiklashtirishi hech kim uchun sir emas. Ish vaqtida tetiklashish uchun qahvadagi kofein yordam beradi: diqqatni jamlashda va reaksiya tezligini oshirishda ko‘maklashadi.

Maslahat: haddan tashqari ko‘p qahva ichmang! Kofein — bu o‘rganib qolishni chaqiradigan psixostimulyator. Shuning uchun kuniga 1–2 finjondan ko‘p qahva ichmagan ma’qul.

2. YoNG‘OQLAR
Siz ishlayotganda miya zo‘riqadi va quvvat sarflaydi. Ishingiz qanchalik qiyin bo‘lsa, shunchalik ko‘p quvvat sarflanadi. Yong‘oqlar vitaminlar va oqsilga boy bo‘lgani sababli miyani quvvat bilan ta’minlaydi. Uning tarkibidagi magniy esa stress va ortiqcha zo‘riqishlardan himoya qiladi.

Maslahat: me’yorni biling! Yong‘oqlar kaloriya va yog‘larga boy. Hadan tashqari ko‘p iste’mol qilsangiz ortiqcha vazn orttirib olishingiz hech gap emas.

3. BALIQ
Bizning miyamiz 60% yog‘lardan tashkil topgan bo‘lib, ularning yarmi — omega-3 yog‘li kislotalari . Miya ularni yangi neyronlar va asab tolalari hosil qilish uchun sarflaydi. Omega-3 organizm tomonidan ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun uni taom orqali iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Omega kislotalari baliq mahsulotlarida ko‘proq uchraydi.

Maslahat: Butunjahon sog‘liqni saqlash vazirligi baliq mahsulotlarini kamida haftasiga 2 marta iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Ular miya faoliyati, yurak va qon-tomir tizimi uchun juda foydali bo‘lib, infarkt va insultni oldini olishga yordam beradi.

4. QORA ShOKOLAD
Tarkibida 70%dan kam bo‘lmagan kakaoga ega qora shokoladlar xotirani yaxshilab, kayfiyatni ko‘taruvchi dofamin gormoni ishlab chiqarilishida ko‘maklashadi.

Maslahat: me’yordan ortiq shokolad iste’mol qilmang. Ayniqsa sutli shokoladlar qondagi qand miqdorini oshirib, bir muddatdan so‘ng charchoq va lanjlik hislarini keltirib chiqaradi.

5. QORAG‘AT
Qorag‘at sizni supermen qilmasada, miya hujayralarini yoshga bog‘liq o‘zgarishlardan himoya qiladi. Uning tarkibidagi antotsianlar organizmda to‘planib, miya hujayralarining o‘zaro aloqasini yaxshilaydi.

Maslahat: nafaqat yangi terilgan, balki muzlatilgan qorag‘at ham juda foydali. Quritilgani haqida esa bunday deya olmaymiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 15
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 183
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 66
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 204
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 157
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 323
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar