“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 14:10
ЎЗO‘Z

Mirziyoyev o‘z videomurojaatida Nazarboyevning xizmatlarini e’tirof etdi (video)

04 iyul, 13:43 3 877 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirziyoyev o‘z videomurojaatida Nazarboyevning xizmatlarini e’tirof etdi (video) O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev videomurojaat orqali Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Bir daqiqadan ortiqroq davom etgan ushbu video qo‘shni respublika rahbarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida keltirilgan.
Шавкат Мирзиеев о Назарбаеве

Өзбекстан президенті Шавкат Мирзиеев: «Нұрсұлтан Әбішұлы - өте прогресшіл адам. Өмірде де реформатор. Бүкіл әлем Қазақстанның тәуелсіздік жылдарындағы жетістіктеріне назар аударады". Жуырда көптен күткен фильмімізді ұсынбақшымыз, біздің YouTube арнамызға және Твиттер парақшамызға жазылып, соңғы жаңалықтардан әрқашан хабардар болып жүріңіздер. ⠀ Шавкат Мирзиеев:« Нурсултан Абишевич-очень прогрессивный человек. Он очень стремится к реформам. Он вообще реформатор в своей жизни. И вот можно посмотреть за эти годы Независимости, чего достиг Казахстан. Весь мир смотрит на те достижения, которые достиг Казахстан за эти годы Независимости». В скором времени опубликуем наш новый фильм, а пока подписывайтесь на наш YouTube канал и Твиттер и будьте в курсе последних новостей и наших творческих новинок. ⠀ ⠀ ⠀

Опубликовано Телерадиокомплекс Президента Республики Казахстан Вторник, 3 июля 2018 г.

“Birinchi navbatda shuni qayd etmoqchi edimki, taqdir menga jahon darajasidagi siyosiy arbob – Qozog‘iston prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyev bilan hamkorlik qilish va birgalikda ishlash imkoniyatini taqdim etdi”, – degan O‘zbekiston prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni 78 yoshga to‘ladigan Nazarboyevni katta islohotchi deb atagan. “U umuman, o‘z hayotida ham islohotchi. Buni Qozog‘iston mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarga qarab ham bilish mumkin”, – degan o‘zbekistonliklar yetakchisi.

Shavkat Mirziyoyevning fikricha, Nursulton Nazarboyev erishgan eng katta muvaffaqiyat – bu mamlakatdagi tinchlik va xotirjamlikdir. U hozirda barcha mamlakatlar Qozog‘iston erishgan yutuqlarni ko‘rib turganini qayd etgan.

“Menga u bilan ishlash juda ham qulay. Menga u bilan til topishish juda oson. Har bir uchrashuvimiz men uchun ibratli bo‘lgan. Uning yana bir alohida sifati shundaki, Nursulton Abishevich hamisha o‘z jamoasiga jiddiy e’tibor qaratadi. Bu jamoa esa Prezident Nazarboyevning inqilobiy g‘oyalarini hayotga tatbiq etadi”, – deydi Mirziyoyev.

O‘zbekiston prezidenti o‘zining ilk intervyusini 2017 yil martida “Kazinform” axborot agentligi uchun bergandi. O‘shanda u o‘zbek-qozoq munosabatlari Markaziy Osiyodagi barqarorlik uchun ahamiyatli ekanini ma’lum qilib o‘tgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 159
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 63
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 215
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 100
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Bo‘limlar