“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:40
ЎЗO‘Z

Prezident dori vositalari sotuvi bo‘yicha muhim farmonni imzoladi

20 iyun, 20:43 8 325 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident dori vositalari sotuvi bo‘yicha muhim farmonni imzoladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 iyun kuni «Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish samaradorligini oshirish va aholini ular bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonga imzo chekdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qat’iy narxlarda sotish to‘g‘risidagi talab bekor qilindi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuqori tartibga soluvchi talablar qo‘yilgan mamlakatlarda amalga oshirilgan, dori vositalarini, jumladan, dori moddalari (substansiyalar) va dori preparatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalarini tan olish tartibi 2018 yil 1 avgustdan joriy etiladi.

Ijtimoiy dorixonalar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish ularning sotib olish qiymati yoki ulgurji narxiga 10 foiz cheklangan savdo ustamasi qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi.

Yuqori tartibga soluvchi talablar qo‘yilgan mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari tan olinadi.

Xavfsizligi, sifati va samaradorligi bo‘yicha shubha uyg‘otmaydigan dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlarni tabaqalashtirish asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan dori vositalarini yuqori tartibga soluvchi talablar qo‘yilgan mamlakatlarning tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan taqdirda amalga oshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 147
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 57
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 197
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 151
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 318
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 126
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar