“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 08:38
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston parlament saylovlarining ikkinchi turida eng ko‘p nomzod “Milliy tiklanish”dan ishtirok etadi

25 dek, 14:51 6 714 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston parlament saylovlarining ikkinchi turida eng ko‘p nomzod “Milliy tiklanish”dan ishtirok etadi O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo‘yicha 22ta saylov okrugida nomzodlarning birortasi ham saylanish uchun zarur ovozni to‘play olmadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan MSK mazkur okruglarda 2015 yil 4 yanvar kuni takroriy ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Qashqadaryo viloyatilarida va Toshkent shahrida 1tadan, Namangan, Toshkent viloyatlarida 2tadan, Farg‘ona viloyatida 3ta, Surxondaryo viloyatida 5ta saylov okrugida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Saylov qonunchiligiga binoan, takroriy ovoz berish 22ta saylov okrugining har birida asosiy saylovda saylovchilarning eng ko‘p ovozini olgan ikki nafar deputatlikka nomzod bo‘yicha o‘tkaziladi. Unga muvofiq, “Milliy tiklanish” partiyasidan 15 nafar, Xalq demokratik partiyasidan 11 nafar, O‘zLiDePdan – 9 nafar, “Adolat”dan 9 nafar nomzod bo‘yicha takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan deputatlikka nomzod saylangan deb hisoblanadi. “MSKning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi va takroriy ovoz berishga tegishli qarorlari matbuotda e’lon qilinadi”, – dedi Svetlana Ortiqova.

Manba: Kun.uz



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Alisher Qodirov takroriy ovoz berishda parlament deputatligiga saylandi 06 yanv, 08:39
  • Parlament saylovi natijalari e’lon qilindi 23 dek, 15:08
  • O‘zbekiston parlament saylovlarining ikkinchi turi 2015 yil 4 yanvarda bo‘ladi 23 dek, 14:04
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 33 nafar huquqshunos saylandi 25 dek, 13:53
  • O‘zbekiston parlament saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadigan saylov okruglari ma’lum bo‘ldi 26 dek, 10:30
  • O‘zbekiston prezidenti saylovlari 2015 yil 29 martda o‘tkaziladi 26 dek, 14:27
  • So'nggi yangiliklar
  • BAAda avtomobil raqami 10 mln dollardan qimmatroqqa sotildi 06 мая, 08:00 1
  • Davron Fayziyev: Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun 06 мая, 04:22 483
  • Zidan: "Chelsi" munosib g‘alabaga erishdi. Biz shundoq ham ancha uzoqqa bordik, yigitlarim bilan faxrlanaman" 06 мая, 04:11 425
  • ECHL. "Chelsi"ga "Real"ning kuchi yetmadi — bizni inglizcha final kutmoqda 06 мая, 02:40 707
  • O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilinganidan so‘ng qariyb ikki baravar oshdi 06 мая, 00:16 1 444
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikka chek qo‘yishdi 05 мая, 23:55 744
  • Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi qonunni qabul qildi 05 мая, 23:30 886
  • Bojxonachilar 550 mln. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini to‘xtatib qolishdi 05 мая, 23:03 813
  • Haydovchilar uch xil hujjatni ko‘rsatish majburiyatidan ozod bo‘ladi 05 мая, 22:44 1 560
  • Qing‘ir reja amalga oshmadi 05 мая, 22:22 1 056
  • Soliq organlari xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga qabul qilishi tartibi bekor qilinadi 05 мая, 21:52 1 566
  • Fransiyada er ko‘chaning o‘rtasida xotinini tiriklayin yoqib yubordi 05 мая, 21:33 1 838
  • Bo‘limlar