“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:17
ЎЗO‘Z

Tadqiqotlar natijasida chekishning yangi xavfi aniqlandi

17 iyun, 07:02 4 996 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadqiqotlar natijasida chekishning yangi xavfi aniqlandi Harvard tibbiyot maktabi olimlari chekish genlar faolligida uzoq muddatli o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini aniqlashdi. Bu haqida NBC News xabar berdi. Genetiklar 16 ming kishida metillashtirish jarayonlari - metil guruhi(CH3)ning DNKga qo‘shilishini o‘rganib, shunday xulosaga kelishdi.

Mutaxassislar 1971 yilga qadar o‘tkazilgan turli tadqiqot ishtirokchilarining qon namunalarini tahlil qilib chiqishdi. Olimlar ushbu ma’lumotlarni bemorlarning ovqatlanish ratsioni, chekishi, sog‘lom hayot tarziga rioya qilishi va qanday kasalliklarni o‘tkazgani ko‘rsatilgan tibbiy anketalaridan o‘rganishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, aksariyat chekuvchilarda yurak kasalliklari va saraton bezlari hosil bo‘lishi bilan bog‘liq 7 ming gen faolligiga ta’sir ko‘rsatgan metillashtirishda o‘zgarishlar kuzatilgan. Chekishni tashlaganlarda DNKning katta qismi taxminan 5 yildan so‘ng me’yorga tushgan, biroq 19 genga aloqador o‘zgarishlar 30 yil davomida saqlanib qolgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu tadqiqot natijalari chekuvchi kishilarda hattoki o‘nlab yillar o‘tsa ham, saratonning ba’zi turlari, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi va insult kabi kasalliklarning rivojlanish xavfi saqlanib qolishini ko‘rsatdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 126
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 308
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 121
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 97
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 143
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar