“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 06:40
ЎЗO‘Z

Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar berish tiklanadi

16 iyun, 14:57 11 465 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar berish tiklanadi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini rag‘batlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida aytilishicha, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga a’lo bilimi, namunali xulqi va faol jamoatchiligi uchun beriladigan oltin va kumush medallarni ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

Loyihaga ko‘ra, oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10-11-sinflardagi barcha fanlar bo‘yicha oraliq, yakuniy nazoratlari hamda choraklik va yillik baholari a’lo, namunali xulqqa ega bo‘lgan va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi.

Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10-11-sinflardagi barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo, namunali xulqqa ega bo‘lgan va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi.

Bitiruvchilarni oltin va kumush medallar bilan mukofotlashga tavsiya etish bitiruvchilarni oltin va kumush medal bilan taqdirlashga tavsiya etish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar ta’lim muassasasida har yili 10 iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.

Oltin medalga ega bo‘lgan o‘quvchiga respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichiga kirish sinovlarida to‘plagan umumiy balliga 50 foiz, kumush medalga ega bo‘lgan o‘quvchiga to‘plagan umumiy ballining 30 foizi miqdorida ball qo‘shib beriladi.

Oltin va kumush medallarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga beriladigan imtiyoz bir yilgacha amal qiladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan Xalq ta’limi vazirligining buyurtmasiga asosan tayyorlanadi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasida majburiy 11 yillik umumiy o‘rta ta’limga o‘tilishi munosabati bilan o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyaga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish va ular orasida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning sifatli ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida qabul qilinayotganligi bildirilgan.

Qaror loyihasi muhokamasi 28 iyunga qadar davom etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 0
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 28
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 100
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 55
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 235
  • So'nggi yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 65
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 155
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Bo‘limlar