“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 00:37
ЎЗO‘Z

Tovlamachilik qilayotgan “Telegram” kanali adminlari qo‘lga olindi

30 мая, 12:55 7 852 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tovlamachilik qilayotgan “Telegram” kanali adminlari qo‘lga olindi Telegramdagi “Namanganliklar” va “Namangan-cars” kanali adminlari O.T., M.A. va J.B.lar o‘zaro til biriktirgan holda Namangan shahridagi “Sohil” kafesi rahbaridan tovlamachilik yo‘li bilan 600 AQSH dollari olgan paytda qo‘lga olingan.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, avvaldan yollangan bir guruh ayollar kafega kirishib ovqatdan tarakan chiqqanligini aytib janjal qilishgan va videoga olishgan hamda videoni “Namanganliklar” kanali adminiga olib borib berishgan.

Kanal adminlari esa o‘z kanalida 100 ming a’zo borligi, agar videoni kanalga chiqarsa, mijozlar oshxonaga kelmay qo‘yishi haqida qo‘rqitib, kafe egasidan pul talab qilishgan.

“Kafe egasi tegishli tashkilotlarga xabar bergandan so‘ng, tovlamachilikda gumon qilinayotgan adminlar 600 AQSH dollarini olayotgan paytda qo‘lga olingan”, - deb xabar berilgan “Xushnudbek.uz” telegram kanalida.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Biroz avval o‘sha kanalda quyidagicha xabar chiqdi.

“Namanganliklar kanali bugundan e'tiboran noqonuniy faoliyat olib borganligi sababli óz faoliyatini tugatdi”.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 37
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 224
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 230
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 48
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 26
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 217
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Bo‘limlar